Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda SI qonuni paydo bo‘ldi: dipfeyk yaratish taqiqlandi
Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontent tegishli ravishda belgilanishi (yorliqqa ega bo‘lishi) kerak.
Foto: Getty images
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev sun’iy intellekt (SI) sohasini tartibga solish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qabul qilingan normalar, xususan, dipfeyklarni yaratganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadi, deb yozdi Orda.
Qonun, shuningdek, sun’iy intellekt mahsulotlarining egalari va foydalanuvchilari sun’iy intellekt tizimlarini ishlatishdagi rolini hisobga olgan holda javobgar bo‘lishi va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontent tegishli ravishda belgilanishi (yorliqqa ega bo‘lishi) kerakligini nazarda tutadi.
Mulkdorlar xavflarni boshqarish va xavfsizlik uchun ham javobgardir. Qozog‘iston hududida «manipulyativ usullardan foydalanishi, mamlakat qonunlarini buzgan holda shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashi va qayta ishlashi» mumkin bo‘lgan tizimlarni yaratish va ulardan foydalanish taqiqlandi.
Forbes nashrining yozishicha, To‘qayev tomonidan imzolangan qonun mamlakat hududida ta’minlanmagan raqamli aktivlar aylanishini ham tartibga soladi. Ilgari ta’minlanmagan raqamli aktivlar aylanishiga faqat «Ostona» xalqaro moliya markazi hududida ruxsat berilgan edi.
Mavzuga oid
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
22:54 / 25.03.2026
Tramp Texnologiya kengashiga Tsukerbergni tayinladi
07:17 / 25.03.2026