Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida avtobus va avtosisterna to‘qnashuvi oqibatida 45 nafar hindistonlik ziyoratchi halok bo‘ldi
Portlash va kuchli yong‘in oqibatlari ayanchli bo‘lgan. Avtobusda 46 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan faqat bir yigit omon qolgan.
Foto: Reuters
16 noyabr kuni erta tongda Saudiya Arabistonining Mufrihat shahri yaqinida Makkadan Madinaga ketayotgan avtobus dizel yonilg‘isi ortilgan avtosisterna bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 45 nafar hindistonlik ziyoratchi halok bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash va kuchli yong‘in oqibatlari ayanchli bo‘lgan.
Qutqaruv xizmatlari va mahalliy hokimiyat vakillari voqea joyiga yetib borib, qutqaruv ishlarini olib borgan. Rasmiylar jabrlanganlarning aniq sonini va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlashda davom etmoqda.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi yuz bergan hodisa munosabati bilan yaqinlarini yo‘qotgan oilalarga hamdardlik bildirdi.
Qayd qilinishicha, halok bo‘lganlarning jasadi diniy urf-odatlarga muvofiq Saudiya Arabistonida dafn etiladi.
Haydarobod politsiyasi xabariga ko‘ra, avtobusda 46 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan faqat bir yigit omon qolgan. Halok bo‘lganlar orasida 18 nafar ayol va 10 nafar bola bo‘lgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
11:55 / 30.03.2026
Saudiyada AQShning razvedkachi samolyoti yo‘q qilindi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
20:20 / 29.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
11:41 / 29.03.2026