Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Vaziyat nazorat ostida” - Energetika vazirligi Boysundagi kondan gaz sizib chiqqani haqidagi xabarga izoh berdi
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan va qisqa vaqtda yana yoqib qo‘yilgan.
Foto: Energetika vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanida gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq deb talqin qilinayotgan videolar bo‘yicha Energetika vazirligi izoh berdi.
Vazirlikning bildirishicha, bu holat «M-25» konining 202-son qudug‘ida bir hafta oldin kuzatilgan geologik jarayon bo‘lib, avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nishi holati hisoblanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan va qisqa vaqtda yana yoqib qo‘yilgan.
“Ayni paytda Boysundagi «M-25» konida vaziyat barqaror bo‘lib, barcha jarayonlar mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirilmoqda”, deyiladi vazirlik izohida.
Ta’kidlanishicha, havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gaz yoqib qo‘yilgan va bu usul atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda qabul qilingan standart amaliyot hisoblanadi hamda xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradi.
Mavzuga oid
11:15
Metan zapravkalar faoliyatiga yana cheklov kiritiladi
03:13 / 09.03.2026
Erondagi urushdan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan davlatlar ma’lum qilindi
09:34 / 05.03.2026
Putin YeIga gaz yetkazib berishni muddatidan oldin to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda
20:01 / 04.03.2026