Ahmad al Ahmad - Avstraliyaning suriyalik qahramoni
|23:29 / 17.12.202513 2768 min
Sidneydagi otişmada bir hujumçini qurolsizlantirgan Ahmadning jasorati - nafaqat Avstraliya va Suriyada, balki butun dunyoda qahramonlik sifatida e’tirof qilinmoqda. Bu voqea - 15 kişi öldirilgan fojia ortidan avstraliyaliklar uçun birdamlik ramziga aylandi. Ahmadning davolanişi uçun oçilgan xayriya fondiga allaqaçon 1,5 million dollar yiğildi.
Ahmadni köriş uçun şifoxonaga kelgan Avstraliya boş vaziri Entoni Albanezi / Foto: New York Times
14 dekabr kuni Sidneydagi Bondi plyajida dahşatli otişma yuz berdi. Otişma yahudiylarning diniy bayrami – Xanukining ilk kuniga töğri keldi: ikki hujumçi – ota-bola piyodalar köprigida turgan holda plyajdagilarni öqqa tutgan.
Avstraliyaning sönggi ön yilliklardagi tarixida eng qonli voqea sifatida körilgan hujum qurbonlari 15 kişi böldi. 40 dan ortiq insonlar jarohatlandi, ularning 22 nafari şifoxonalarda qolmoqda.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Bugungi qahramonimiz 43 yoşli Ahmad – hujumçilardan birini yiqitib, qurolsizlantirgan inson. Uning şuhrati – hujum haqidagi şov-şuvdan ham oşib ketdi. Dunyoning barça yirik OAVlari Ahmadning qahramonligi haqida yozib çiqdi.
Eng kerakli vaqtda, boşqalar uçun jonini xatarga qöygan inson
Avstraliyaning issiq yoz oqşomida Bondi plyajida sayr qilayotgan köplab avstraliyaliklar kabi, Ahmad al Ahmad ham dösti bilan qahva içmoqçi edi. Ammo u turgan joy yaqinida, qirğoq böyidagi boğda qonli qirğin boşlandi.
Ahmad esa töxtab turgan ikki maşina orasidan sekin yurib ötib, qurollangan şaxslardan biriga qarab töğri yugurdi. Butun dunyo böylab millionlab marta tomoşa qilingan videolarda, Ahmad – qurollangan şaxsni yiqitib, uning qölidagi miltiqni tortib olgani va qurolni hujumçining öziga qarata burib yuborgani aks etgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Keyinroq, ikkinçi hujumçi tomonidan öq uzilgaç, Ahmad qurolni yerga qöygan. Uning özi ham qöli va bilagidan öq yegan. Şundan söng, hujumçilardan biri – 50 yoşli şaxs politsiya tomonidan otib taşlangan, uning öğli esa qölga olingan.
Mavzuga oid
The Associated Press'ning yozişiça, kelib çiqişi suriyalik bölgan musulmon haqidagi bu voqea – 15 kişi öldirilgan fojia ortidan taskin izlayotgan Avstraliyada katta ramzga aylandi.
Ahmad al Ahmad – suriyalik qahramon, sobiq politsiyaçi
Al Ahmad Avstraliyaga kelişidan oldin Suriyaning Idlib mintaqasidagi Nayrab şahrida yaşagan. U 2006 yilda ta’limini tugatib Suriyani tark etgan.
Bu yil Sidneyga u bilan körişiş uçun kelgan al Ahmadning ota-onasi öğlining ilgari politsiyada va Suriyaning markaziy xavfsizlik kuçlarida xizmat qilganini aytgan. Otasi Muhammad Fotih al Ahmadning sözlariga köra, öğlini harakatga undagan narsa uning «vijdoni va qalbi» bölgan.
Al Ahmadning ota-onasi / Foto: New York Times
«Men faxr va şaraf his qilyapman, çunki öğlim Avstraliyaning qahramoni,» — dedi u.
Uning Suriyadagi amakisi Muhammad al Ahmadning aytişiça, u jiyanini tarmoqlardagi videolar orqali tanigan.
«Biz u bilan faxrlanamiz. Umuman olganda, butun Suriya u bilan faxrlanadi. U öldirilayotgan odamlar kim ekanini, ularning dini nima – musulmonmi, nasroniymi yoki yahudiymi, deb öylab ötirmay, darhol harakat qildi. Uni şu narsa örnidan turişga va bu qahramonona işni qilişga undadi», deya amakisining sözlarini keltirmoqda Reuters.
«U butun dunyoga, musulmonlar – uruş qözğatuvçilar emas, balki tinçlikparvarlar ekanini isbotlaydi», – degan Ahmadning yana bir amakisi.
Al Ahmad uçun yordam va qöllab-quvvatlov
Avstraliya fuqarosi hisoblangan Al Ahmadning rafiqasi va ikki nafar kiçik qizi bor. Uni oldinda uzoq va oğir tiklaniş jarayoni kutmoqda: u çap qölidan bir neça marta öqqa tutilgan. Taxminlarga köra, bu – hujum paytida piyodalar köprigidan betartib öq uzgan ikkinçi qurollangan şaxs tomonidan amalga oşirilgan.
Foto: Avstraliyadagi suriyaliklar jamoat birlaşmasi
Ahmad allaqaçon birinçi jarrohlik amaliyotidan ötgan va yana bir neçta operatsiyalar rejalaştirilgan. Rasmiylarga köra, u juda holdan toygan va kamida olti oylik tiklaniş davri uni kutmoqda.
Al Ahmadni şaxsan tanimagan avstraliyaliklar tomonidan unga yordam beriş uçun Go FoundMe'da xayriya sahifasi oçildi. 17 dekabr tuşga qadar 41 mingdan ortiq insonlar uni qöllab-quvvatlab, jami 1,6 million dollardan köproq pul yiqqan bu xayriya davom etmoqda.
Ahmadga tegişli dökon / Foto: Leader
Bundan taşqari, Sidneyning çekka hududida – temiryöl vokzali qarşisida joylaşgan al Ahmadga tegişli dökon oldida gullar va minnatdorçilik xatlari tobora köpayib bormoqda.
Avstraliya va dunyo yetakçilari uni e’tirof qilmoqda
Al Ahmad – dunyoning köplab yetakçilari va avstraliyaliklar tomonidan qahramon sifatida e’tirof etildi.
Seşanba kuni yuqori martabali mehmonlar: Avstraliya boş vaziri Entoni Albanezi, qirol Çarlz III ning Avstraliyadagi vakili Sem Mostin va Suriyaning yuqori darajali diplomati – Ahmadni ziyorat qiliş uçun u davolanayotgan Sidneydagi şifoxonaga bordi.
«U haqiqiy avstraliyalik qahramon,» — dedi boş vazir şifoxona taşqarisida nutq sözlarkan.
Ahmed, you are an Australian hero.
You put yourself at risk to save others, running towards danger on Bondi Beach and disarming a terrorist.
In the worst of times, we see the best of Australians. And that's exactly what we saw on Sunday night.
«Biz yovuzlik sodir etilgan lahzani kördik, ammo u - insoniyat qudratining yorqin namunasi sifatida porladi. Biz jasur [odamlar] mamlakatimiz. Ahmad al Ahmad - mamlakatimizning eng yaxşi qiyofasini ifodalaydi», — dedi Entoni Albanezi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp al Ahmadni köplab odamlar hayotini saqlab qolgan «juda, juda jasur inson» deb atadi.
Hujum sodir bölgan Yangi Janubiy Uels ştati boş vaziri Kris Minns — Ahmad «hisoblab bölmaydigan darajada köp» inson hayotini saqlab qolgani va bu «u körgan eng aql bovar qilmas manzara» bölganini aytdi.
Ahmadni köriş uçun kelgan Kris Minns / Foto: Yangi Janubiy Uels ştati
U şifoxonaga borganida, Ahmad, agar xuddi şunday vaziyat bölsa, yana şu işni qilgan bölişini aytgan.
«Islomofobiyaning ham oldini oldi»
Seşanba kuni Avstraliya rasmiylari gumonlanuvçi ikki şaxs IŞIDdan ilhomlanganini bildirdi. Bu esa hujum ortidan Avstraliyada islomofobiya kuçayişi mumkinligi haqidagi xavotirlarni uyğotdi, deb yozmoqda New York Times.
Avstraliyadagi suriyaliklar jamoat birlaşmasi rasmiysi Lubaba Alhamidiyning aytişiça, heç bir jamoa alohida şaxslarning xatti-harakati bilan baholanmasligi kerak. Şuningdek, gumonlanuvçi qurollangan şaxslar - barça musulmonlarni ifodalamaydi.
Avstraliyadagi suriyaliklar jamoat birlaşmasi a’zolari Ahmad bilan
Şu bilan birga musulmon jamoasi vakillari al Ahmadning qahramonligi – Avstraliyada umid va birlik ramziga aylanişiga işonişini bildirmoqda. Naşrning yozişiça, Al Ahmadning bu harakati butun mamlakat va dunyo böylab aks sado berdi: qayğu va zulmat paytida avstraliyaliklarga birlaşiş uçun sabab böldi.
«Avstraliyaning gözalligi şundaki, bu yerda odamlar dunyoning har bir burçagidan kelgan. Biz aynan şuni asraşimiz kerak», deya avstraliyalik fuqarolardan birining sözini keltirmoqda NYT.
Bugun – otişmaga aloqasi bölmagan boşqa avstraliyaliklar ham, ijtimoiy tarmoqlarning millionlab foydalanuvçilari ham Ahmadning jasoratiga çuqur hurmat bildirmoqda.