O‘zbekiston | 11:41 / 29.12.2025
12380
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi yilning birinchi kunlari bahorga ishora go‘yo – sinoptiklar quruq bahorni prognoz qilmoqda

Yanvarning birinchi o‘n kunligi iliq va quruq o‘tishi kutilmoqda. Hafta boshlaridagi issiq harorat ortidan Turkmaniston orqali janubiy siklonning mintaqaga kirib kelishi, 31 dekabrda yomg‘irli iliq havo bo‘lishi oydinlashmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

Ko‘plab xalqaro ob-havo prognoz markazlari hamda turli alomatlardan kelib chiqib, 2026 yilning bahori iliqroq bo‘lishi oydinlashmoqda. Yanvardan iyun oyiga qadar deyarli barcha oylarda oylik harorat ko‘p yillik iqlimiy me’yordan yuqori hamda quruq bo‘lishi bilan bog‘liq kutilmalar e’lon qilinmoqda. Zotan Tinch okeani markazida suv harorati neytral holatda bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Yangi 2026 yil bahori ko‘p ehtimol bilan 2018 va 2021 yilning bahoriga o‘xshab ketadi. Bahor oylari boshi uchun qishloq xo‘jaligiga zarba beruvchi anomal sovuqlar kutilmasi bo‘lmasa-da, iliq qish ortidan erta vegetatsiya davriga kirib qolgan dov-daraxtlar shimol, shimoliy-g‘arbdan bostirib keluvchi bitta bo‘lsa ham sovuq oqimdan aziyat chekadi.

Aprelda sel-suv toshqin hodisalariga moyillik – kuchli jadal yog‘inlar bo‘lishi kutilmoqda. Bahor oylari me’yordan yuqori iliq kelishi hisobga olinsa, yog‘inlar mayin – uzoq davom etuvchi bo‘lmasligini, kuchli yomg‘irlar qisqa muddatli bo‘lishini aytib o‘tish mumkin. May oyidagi quruq va issiq ob-havo muhiti joylarda chigirtka bosqiniga moyillikni oshiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid