Nyu-York vaqti bilan 1 yanvarga ötgan paytda, payşanba kuning ilk lahzalarida Zohran Mamdani uşbu şaharning meri lavozimiga kirişdi. U Manxettendagi tarixiy, foydalanişdan çiqarilgan City Hall metro bekatida lavozimga kiriş qasamyodini qabul qildi. Demokrat Mamdani AQŞning eng yirik şahrining birinçi musulmon rahbari sifatida, qölini tarixiy musxaf – Qur’oni Karim kitobi ustiga qöyib, qasamyod qildi.

«Bu — butun umrimdagi eng katta şaraf va imtiyozdir», deya Mamdanidan iqtibos keltirmoqda AP naşri. Marosim, uning siyosiy ittifoqçisi – Nyu-York boş prokurori Letitia Jyeyms tomonidan ötkazildi.
Mamdani mer sifatidagi ilk bayonotlarida eski metro bekatini «şahrimizning hayotiyligi uçun jamoat transportining naqadar muhimligini körsatib turuvçi guvohlik» deb atadi. U şuningdek, Transport departamentining yangi rahbari etib Mayk Flinn tayinlanganini e’lon qildi.

Mamdani bugunning özida yana bir bor, tantanaliroq tarzda – tuşdan keyin 13:00 da City Hall'dagi ommaviy marosimda ham qasamyod qiladi. Uşbu marosimni Mamdanining yana bir ittifoqçisi – AQŞ senatori Berni Sanders olib boradi. Şundan söng uning idorasi Brodveyning bir qismida ommaviy bayram tadbirini ötkazadi.
Şaharning birinçi musulmon meri bölişidan taşqari, 34 yoşli Mamdani Nyu-Yorkning – eng yoş va Afrikada tuğilgan ilk meri ham hisoblanadi.
U saylov kompaniyasida «arzonlik» tuşunçasini butun siyosiy harakatlari markaziga qöydi, deyiş mumkin. Demokrat-sotsialist Mamdani dunyodagi eng qimmat şaharlardan birida yaşaş xarajatlarini pasaytirişga qaratilgan siyosatlar orqali özgarişlar qilişga va’da bergan. Uning dasturida bepul bolalar parvarişi, bepul avtobuslar, taxminan 1 million xonadon uçun ijara muzlatilişi va şahar boşqaruvidagi oziq-ovqat dökonlari pilot loyihasi bor.














