Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tamaki mahsulotlarini Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ariq orqali olib o‘tayotgan shaxs ushlandi
Fuqaro 2 248 quti “Esse Change” nomli tamaki mahsulotini O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tuvchi ariqdan olib o‘tgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro R.O. umumiy bahosi 71,9 mln so‘mlik 2 248 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini “Qozi Ahror” MFY hududidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini kesib o‘tuvchi ariqdan O‘zbekiston hududiga olib o‘tgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:18 / 19.10.2024
Tamaki ishlab chiqaruvchilar Kanada aholisiga 23,6 mlrd dollar kompensatsiya to‘laydi
17:07 / 26.11.2020
Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga yangi soliq stavkalari belgilanadi
23:12 / 03.06.2020
1 avgustdan O‘zbekistonga xorijdan avtomashina olib kirish qanchaga arzonlashadi?
21:59 / 03.06.2020