Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Markaziy Osiyo – Xitoy” formati: kotibiyat to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
“Markaziy Osiyo – Xitoy” formati doirasida kotibiyat faoliyatini huquqiy jihatdan belgilab beruvchi nizom ratifikatsiya qilinib, format ishlarini muvofiqlashtirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladigan institutsional mexanizm mustahkamlandi.
Foto: Aziya Plyus
Hujjat “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati doirasida kotibiyatning vazifalari, faoliyat mexanizmlari va hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi. Xususan, kotibiyat sherik mamlakatlar o‘rtasida kelishuvlarni muvofiqlashtirish, amaliy loyihalarni samarali amalga oshirish hamda doimiy muloqot platformasini shakllantirishda muhim o‘rin tutishi qayd etilgan.
Nizomning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirishi, hududiy iqtisodiy va infratuzilmaviy hamkorlikni, shuningdek transport-logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, yangi koridorlar yaratish va savdo aylanmasini oshirishga ko‘maklashishi ta’kidlanmoqda.
Shu bilan birga, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati kotibiyati formatning ijro organi hisoblanishi, u ishtirokchi davlatlar sammitlari va tashqi ishlar vazirlari uchrashuvlarini tashkiliy, texnik va axborot jihatdan ta’minlashi ma’lum qilingan. Nizom matni esa muqaddima va 4 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, kotibiyatning vakolatlari, tuzilmasi, huquq va majburiyatlari hamda maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlangan.
Ma’lumot o‘rnida, kotibiyatni tashkil etish tashabbusi format ishtirokchilari tomonidan 2023 yil 19 may kuni qabul qilingan Sian deklaratsiyasi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
19:21 / 30.03.2026
Tadqiqot: Markaziy Osiyo daryolari muzliklarga bog‘liq holda o‘zgarish bosqichida
17:30 / 25.03.2026
Qo‘shtepa, Orol, Rog‘un va suv tanqisligi – vazir bilan suhbat
14:35 / 24.03.2026
Endi ayrim o‘quvchilar davlat imtihonini topshirmaydi
09:04 / 23.03.2026