Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
Dunyodagi barcha qurilgan kemalarning 56,1 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Foto: AFP
Xitoy kemasozlik sanoati 2025 yilda ketma-ket 16 yil davomida uchta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni saqlab qoldi. Bu haqda mamlakat Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi xabariga tayanib «Interfaks» xabar berdi.
O‘tgan yili mamlakatda foydali yuk sig‘imi 53,69 mln tonna (o‘sish 11,4 foiz) hajmdagi kemalar qurilishi yakunlandi. Bu esa dunyodagi barcha qurilgan kemalarning 56,1 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Xitoy kemalar qurilishiga yangi buyurtmalar foydali yuk sig‘imi 107,82 mln tonnani tashkil etdi. Dunyodagi barcha yangi buyurtmalarning 69 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Dekabr oyi oxirida Xitoy kemasozlik kompaniyalari buyurtmalari foydali yuk sig‘imining umumiy hajmi 274,4 million tonnaga yetdi (31,5 foizga o‘sish). Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy umumiy jahon ko‘rsatkichining 66,8 foizini egalladi.
Mavzuga oid
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
18:37 / 30.01.2026