Jamiyat | 15:00
830
1 daqiqa o‘qiladi

1 fevral holati: 715 mingdan ziyod fuqaro ijtimoiy nafaqa olyapti

2026 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, mamlakatda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 715 849 nafarni tashkil etdi. Shuningdek, 2026 yil yanvar oyida yangi tayinlangan nafaqa oluvchilar soni 6 225 nafar bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy nafaqa oluvchilar quyidagi turlar bo‘yicha taqsimlangan:

  • 313 715 nafar — nogironlik nafaqasi;
  • 167 411 nafar — nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar nafaqasi;
  • 94 454 nafar — yoshga doir nafaqa;
  • 71 479 nafar — parvarishlash nafaqasi;
  • 58 246 nafar — boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
  • 8 918 nafar — o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar hamda yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam;
  • 5 317 nafar — uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya;
  • 1 626 nafar — oilaviy bolalar uyi va patronatga to‘lov.

Ma’lumot uchun, yanvar oyida ijtimoiy nafaqa bo‘yicha yangi tayinlovlar ham davom etgan bo‘lib, 6 225 nafar fuqaroga nafaqa yangi tartibda rasmiylashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid