Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MobiUz ham kiberhujumga uchragan. Kompaniya mijozlar ma’lumotlari sizib chiqmaganini ma’lum qildi
Mobiuz'ga ko‘ra, hakerlar sinov serverini buzib kirishga muvaffaq bo‘lgan, lekin abonentlarning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlari saqlanadigan asosiy serverga kirolmagan.
Foto: Mobiuz
Davlatga qarashli Mobiuz aloqa operatori kiberhujumga uchragani haqida xorijiy resurslarda xabar tarqalishi ortidan, kompaniya kiberhujum bo‘lganini tasdiqladi, ammo mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqqanini rad etdi.
Mobiuz'ga ko‘ra, hakerlar sinov serverini buzib kirishga muvaffaq bo‘lgan, lekin abonentlarning ma’lumotlari saqlanadigan asosiy serverga kirolmagan.
“Joriy yilning fevral oyida xavfsizlik tizimlari monitoringi davomida kompaniyaning asosiy tizimlarga ulanmagan sinov serverlaridan biriga ruxsatsiz kirish aniqlandi. Server qo‘shimcha izolyatsiya qilindi, bu esa hodisani chegaralash imkonini berdi.
Abonentlar haqidagi ma’lumotlar, ularning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlari saqlanadigan tizimlar to‘liq himoyalangan hududda joylashgan. U yerga hech qanday kirish izlari topilmadi. Xizmatlar faoliyati buzilmagan, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqmagan”, – deyiladi kompaniya bayonotida.
Kompaniya mas’ul organlar bilan hamkorlikda hodisani batafsil tekshirayotgani, axborot tizimlari himoyasini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida elektron hukumat tizimlari ham kiberhujumga uchragan edi.
Raqamlashtirish vaziri Sherzod Shermatov 3 ta idoraning axborot tizimlari muayyan darajada buzib kirilganini aytgan, lekin internetda yozilganidek 15 million kishining ma’lumoti emas, o‘zbekistonliklarning shaxsiga oid 60 mingta data o‘g‘irlanganini ma’lum qilgandi.
Dekabr oyi oxirida Mobiuz'ni xususiylashtirish jarayonida 3 ta da’vogar oxirgi bosqichga o‘tgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.02.2026
“15 mln kishining ma’lumoti sotuvda turgani yo‘q” - Sherzod Shermatov
11:02 / 12.02.2026
Kiberhujumda 60 mingtaga yaqin shaxsiy ma’lumot tarqalgan – Sherzod Shermatov
08:14 / 08.02.2026
OneID'ga kiberhujum, haydovchilarga ogohlantirish va Samarqanddagi shov-shuv - hafta dayjesti
11:41 / 03.02.2026