O‘zbekiston | 17:52
1564
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi

Ilk bor budjet sohasidagi normativ-huquqiy hujjatga genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish va «yashil» budjetlashtirish tushunchalari kiritildi.

Foto: AP

Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu hujjat bilan ilk bor budjet sohasidagi normativ-huquqiy hujjatga genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish va «yashil» budjetlashtirish tushunchalari kiritildi.

Unga ko‘ra, har yili kelgusi moliya yili uchun budjyet prognozi va undan keyingi 2 yil uchun budjet mo‘ljallarini aniqlash maqsadida ishlab chiqiladigan fiskal strategiyada hamda budjetnomada «yashil» budjetlashtirish va genderga yo‘naltirilgan budjetlashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar va kelgusida amalga oshiriladigan islohotlar to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.

Budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan tuziladigan rivojlantirish dasturida budjet mablag‘larini taqsimlovchi faoliyatining barcha sohalari bo‘yicha quyidagi maqsadlarni inobatga olgan ko‘rsatkichlar belgilanishi lozim:

- rivojlanishning asosiy yo‘nalish, maqsad va vazifalari;

- sifat va miqdor;

- ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratish;

- ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid