Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar xodimi qaysi hollarda elektroshok qurilmasini qo‘llashi mumkin?
Qonunchilikka ko‘ra, ichki ishlar organi xodimlari ayrim holatlarda xizmat vazifasini bajarish jarayonida elektroshok qurilmalarini qo‘llash huquqiga ega.
Foto: IIV axborot xizmati
Mazkur qurilmalar fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish, jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yish, shuningdek, ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishining oldini olish maqsadida qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda ham elektroshok qurilmalaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, ushlab turilgan shaxslarni, qamoqqa olingan yoki ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlash jarayonida, shuningdek, zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolar, xonalar, inshootlar, transport vositalari va yer uchastkalarini ozod qilishda ham ushbu qurilmalar qo‘llanishi mumkin.
Ayni paytda, elektroshok qurilmalaridan foydalanishda uchinchi shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaslik, shuningdek ularning mol-mulkiga zarar yetkazmaslik talab etiladi.
Mavzuga oid
19:02 / 01.04.2026
“Texpasport”ning amal qilish muddati 2026 yil 1 apreldan keyin olingan guvohnomalarga taalluqli bo‘ladi
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
15:37 / 19.03.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyev IIVda so‘roq qilinmoqda
14:51 / 17.03.2026