Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Yaqin Sharq mamlakatlaridagi energetika obektlariga zarba berishini e’lon qildi
Saudiya Arabistonidagi Samref neftni qayta ishlash zavodi va Al-Jubayl neft-kimyo majmuasi, BAAdagi Al-Husn gaz koni, Mesaieed Holding kompaniyasining neft-kimyo majmuasi va Qatardagi Ras-Laffan neftni qayta ishlash zavodi nishonlar sifatida tilga olingan.
Foto: Reuters
Tehron arab davlatlaridagi energetika obektlariga zarba berilishi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi Eron davlat teleradiokompaniyasi.
"Saudiya Arabiston, BAA va Qatardagi neft obektlari hududlarini tark eting", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot berilishicha, Saudiya Arabistonidagi Samref neftni qayta ishlash zavodi va Al-Jubayl neft-kimyo majmuasi, BAAdagi Al-Husn gaz koni, Mesaieed Holding kompaniyasining neft-kimyo majmuasi va Qatardagi Ras-Laffan neftni qayta ishlash zavodi nishonlar sifatida tilga olingan.
Ularga yaqin soatlarda hujum qilinishi aytildi. Eron harbiy qo‘mondonligi bu ma’lumotni tasdiqladi.
Ushbu ogohlantirish Tehron AQSh va Isroil Eron janubidagi neft-gaz obektlariga zarba bergani haqida xabar qilganidan so‘ng e’lon qilindi.
Bloomberg nashrining yozishicha, Fors ko‘rfazidagi neft qazib olish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘z xodimlarini evakuatsiya qilishni boshlagan.
Mavzuga oid
23:05 / 18.03.2026
JST Yaqin Sharqda ehtimoliy yadroviy halokatga tayyorlanayotgani haqida ogohlantirdi
11:40 / 18.03.2026
Kiyev Yaqin Sharqqa 200 dan ortiq harbiy ekspert yubordi
17:35 / 17.03.2026
Yaqin Sharqda urushning uchinchi haftasi. AQSh Eronni hamon mag‘lub etolmayapti
18:58 / 16.03.2026