O‘zbekiston | 17:00 / 19.03.2026
781
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Texnomart va YeTTB: hamkorlikning ikkinchi bosqichi - rivojlanish va barqaror o‘sish uchun $10 mln sarmoya

Texnomart kompaniyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) hamkorlikning yangi bosqichini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Xalqaro moliya instituti kompaniyaning yanada rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun $10 mln miqdorida mablag‘ ajratadi.

Foto: Texnomart

Bu Texnomart va YeTTBning ikkinchi qo‘shma loyihasi bo‘lib, biznesning barqarorligini hamda yirik xalqaro taraqqiyot banklaridan biri tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni tasdiqlaydi.

Ajratiladigan investitsiya kompaniya infratuzilmasini rivojlantirish, mahsulotlar assortimentini kengaytirish va operatsion samaradorlikni yanada oshirishga yo‘naltiriladi.

 

18 yillik o‘sish

2026 yilda Texnomart brendining tashkil etilganiga 18 yil to‘ladi. Ushbu vaqt mobaynida kompaniya O‘zbekiston maishiy texnika va elektronika bozorining eng yirik ishtirokchilaridan biriga aylanib ulgurdi.

Bugungi kunda Texnomart boshqaruv, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va korporativ mas’uliyatning zamonaviy standartlarini joriy etish orqali izchil rivojlanishda davom etyapti.

 

Kompaniya, shuningdek, YeTTB bilan birinchi loyiha shartlarini, jumladan:

• boshqaruvning ekologik va ijtimoiy standartlarini joriy etish;

• xodimlarni o‘qitish tizimini rivojlantirish;

• hamkorlar va pudratchilar bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

 

Xalqaro institut tomonidan bildirilgan ishonch

YeTTB tomonidan qayta moliyalashtirilish — kompaniya barqarorligining muhim ko‘rsatkichidir. Chunki xalqaro moliya institutlari faqatgina:

• shaffof boshqaruvni;

• biznesning barqaror rivojlanishini;

• avval olingan majburiyatlarning bajarilishini namoyon eta olgan kompaniyalargagina yangi sarmoya kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Taraqqiyot yo‘lidagi investitsiyalar

Jalb qilingan mablag‘lar kompaniya biznesining keyingi rivojlanishiga yo‘naltiriladi.

 

Infratuzilmani rivojlantirish va assortimentni kengaytirish

Sarmoyalar operatsion jarayonlarni zamonaviylashtirishga hamda mahsulotlar taklifini, jumladan, energiya tejamkor uskunalar segmentidagi mahsulotlarni kengaytirishga imkon beradi.

Inson kapitaliga sarmoya

Loyiha bo‘yicha kompaniya mahalliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda ta’lim tashabbuslari va mutaxassislar tayyorlash dasturlarini rivojlantirish uchun YeTTBning maxsus Aksiyadorlik jamg‘armasidan 100 000 yevrogacha grant ko‘magini ham oladi.

Xodimlarni rivojlantirish va ularning kasbiy salohiyatini oshirish kompaniyaning uzoq muddatli strategiyasining muhim qismi bo‘lib qoladi.

 

Mas’uliyatli biznes

Bundan tashqari, YeTTB bilan hamkorlik doirasida kompaniya, BMTning Ayollar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish tamoyillariga (WePs) qo‘shiladi va shu orqali teng imkoniyatlar hamda inklyuziv korporativ madaniyatga sodiqligini tasdiqlaydi.

Loyiha, shuningdek, Parij iqlim kelishuvi maqsadlariga mos keladi, bu esa kompaniyaning biznesni xalqaro barqaror rivojlanish standartlariga muvofiq yuksaltirish istagini ko‘rsatadi.

 

Kompaniya missiyasi

O‘zbekistondagi har bir oila uchun eng yaxshi texnologiyalarni taqdim etish orqali har bir xonadonda qulaylik va shinamlik muhitini yaratishdir.

Kompaniya izohi

“Biz kompaniyani barqaror rivojlanish, ishonch va mas’uliyat tamoyillari asosida quramiz. YeTTB bilan hamkorlik esa bizga eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni joriy etish va uzoq muddatli rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi,” — deya ta’kidladi Texnomart.

 

Batafsil: texnomart.uz| Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid