Unda muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligida O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan ulamolar, bosh imom-xatiblar, nuroniylar va bir necha ming kishilik jamoat ishtirok etdi.
5 yil davomida qayta qurilgan masjid-majmua kecha, 19 mart kuni hayit arafasida keng jamoatchilik uchun ochildi.
“Duolar ijobat bo‘ladigan saodatli lahzalarda muftiy hazratlari boshchiligidagi jamoat Haq taolodan butun olamga tinchlik-omonlik, yurtimizga qut-baraka va xalqimiz farovonligini so‘rab duo-yu iltijo qildilar”, – deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.
Idora matbuot xizmati fotoreportaj taqdim etdi.























