Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzcard, Humo kartalari va yonilg‘i kartalarini Paynet orqali doimiy 1% komissiya bilan to‘ldirish
O‘zbekistonda 1 apreldan naqd puldan foydalanishni qisqartirish va raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘zgarishlar joriy etilmoqda. Shu munosabat bilan Paynet kompaniyasi foydalanuvchilarning naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tishida qulayliklarni oshirishga yo‘naltirilgan bir qator yechimlarni tatbiq etdi.
Foto: Paynet
“Ushbu vazifani hal qilish uchun kompaniya, Uzcard va Humo kartalarini to‘ldirish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek, belgilangan 1% komissiya bilan maxsus yonilg‘i kartalari bo‘yicha agentlik shartnomalarini tezlashtirilgan tarzda imzolashni boshladi”.
Bu foydalanuvchilarga qulay tarzda kartalarni to‘ldirish va to‘lovni joyida amalga oshirish imkonini beradi.
“Kompaniyaning e’tibor qaratishicha, ushbu komissiya bevosita yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi operatorlardan kelib tushayotgan mablag‘larni to‘ldirishda amal qiladi”.
Paynet’ning ta’kidlashicha, raqamli hisob-kitoblarga o‘tish ayrim vaziyatlarda noqulaylik tug‘dirishi mumkin — masalan, foydalanuvchining yonilg‘i to‘lovi uchun bank yoki to‘lov kompaniyasining mobil ilovasida bank kartasi yoki elektron hamyoni bo‘lmasa.
Ushbu holatda Paynet to‘lov agregatori sifatida ATTO bilan birgalikda yonilg‘i to‘lovlari uchun mo‘ljallangan maxsus kartalarni ishga tushirdi. Tezlashtirilgan rejimda bunday kartalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yonilg‘i quyish shoxobchalarida tarqatiladi, bu esa ularning doimiy ravishda mavjudligi va foydalanuvchilar uchun qulayligini ta’minlaydi. Mijozlar kartani joyida sotib olishlari va faollashtirishlari, shuningdek, keyingi hisob-kitoblar uchun uni darhol to‘ldirishlari mumkin bo‘ladi.
Yangi yechim raqamli to‘lovlarga o‘tishni soddalashtirishga qaratilgan bo‘lib, yonilg‘i to‘lovlarini, shuningdek, kartalarni to‘ldirishni keng omma uchun tez va qulay qiladi.
Sayt: paynet.uz
Instagram: @paynet.uz
Telegram: t.me/paynetuz_official
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:41 / 24.03.2026
«Paynet Xolis» kassa apparat o‘rnini bosadimi? Soliq talablari bo‘yicha chalkashliklar yuzaga kelmoqda
19:00 / 16.12.2025
Paynet’dan Xolis foydalanuvchilari uchun keng ko‘lamli aksiya
11:00 / 29.11.2025
Paynetʼdan Xolis – aylanmadan atigi 1% soliq bilan biznes yuritish imkoniyati: buxgalter shart emas, kassa apparati o‘tmishda qoladi, keshbeklar va yana ko‘plab qulayliklar
20:00 / 22.09.2025