Voqea haqida qamab qöyilgan bolalardan birining onasi Instagram’da video e’lon qilgan. Unda bola qörqib yiğlab çiqqani aytiladi. Şuningdek, ota-onalar Telegram guruhida boşqa ota-onalar ham farzandlarining gaplariga tayanib, şunga öxşaş holat bölganini bildirgan.

Videoda Samira ismli tarbiyalanuvçi quyidagilarni aytgan:

“Uçalamizni — meni, Laylo va Temurni hojatxonaga qamab qöydi. Temurning qölini ham boğlab qöydi. Baqirdik ham, yiğladik ham, oçmadi. “Siçqonlarga olib boraman”, dedi”.

Ota-onalardan biri esa öğli ham şunga öxşaş gaplarni aytganini bildirgan:

“Mening öğlim ham şu haqida gapirdi. Yangi enaga kelib, bolalarni podvalga qamab qöyişini, meni ham olib borib qamab qöyişini aytdi”.

Temur ismli bolaning onasi sözlariga köra, bolalar tarbiyaçiga quloq solmagani uçun jazolangan bölişi mumkin:

“Qamab qöydi, yiğladim”, deydi. Nega qamab qöyadi, nima haqqi bor desam, quloq solmadik, deb javob berdi”.

Ota-onalar guruhida yuborilgan bir neçta ovozli xabarlarda ham boşqa bolalar şu kabi holat bölganini aytgani qayd etilgan. Yana bir tarbiyalanuvçi esa bolalar hojatxonaga ruxsatsiz kirgani uçun jazolanganini bildirgan.

Samiraning onasi farzandi hodisadan keyin ham qörquvdan yiğlayotganini ta’kidlagan:

“13 aprel kuni soat 00:25 da ham bola qörquvdan yiğlab çiqdi. Endi bolaning psixikasiga kim javob beradi?”

Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, mazkur vaziyat huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamda tuzilgan işçi guruh tomonidan örganilayotganini ma’lum qildi. Qöşimça axborot berilişi kutilmoqda.

Özbekiston boğçalarida bolalar huquqlari buzilişiga oid bunday holat birinçisi emas. Bir neça kun oldin Navoiyda bolalarni urib qöpol munosabatda bölgan tarbiyaçi qamoqqa olindi.