Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kia Uzbekistan Futbol bo‘yicha FIFA World Cup 2026™ jahon chempionatiga bag‘ishlangan modellarning maxsus seriyasini yo‘lga qo‘ymoqda
17 aprel kuni kompaniya yilning asosiy sport tadbiri arafasida eksklyuziv avtomobillar sotuvini ishga tushiradi. Ushbu mundial alohida ahamiyatga ega: O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Meksika, AQSh va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Futbol bo‘yicha FIFA World Cup 2026™ jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Brend muxlislarni va jahon futbolini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi hamda keng miqyosdagi tadbirning bir qismi bo‘ladigan avtomobillarni taklif etadi.
Foto: Kia Uzbekistan
Brend cheklangan Sonet, K5 va Sportage modellarini taqdim qildi. Ularning har biri kengaytirilgan jihozlarga va turnir belgisi — FIFA World Cup 2026™ ramziga ega bo‘ldi.
Sonet shahar sharoitida qulaylikka e’tibor qaratadi. Komplektatsiyaga old xavfsizlik yostiqchalari, LED farlar va LED DRL — kunduzgi harakatlanish chiroqlari, Smartkey — dvigatelni tugma bilan ishga tushirish tizimiga ega kalitsiz kirish tizimi, iqlim nazorati, o‘zbek tilidagi 8 dyuymli ekranga ega multimedia, 3,5 dyuymli displeyga ega qurilmalar paneli va orqa parktronika kiradi.
Faol muxlislar uchun krossoverning maxsus versiyasi po‘lat disklar o‘rniga 16 dyuymli yengil qotishmali disklar, elektr yuritmaga ega lyuk va xromlangan yon molding bilan jihozlanadi.
K5 texnologiya va qulaylikka asosiy e’tiborni qaratadi. Avtomobil old xavfsizlik yostiqchalari, EPB — Autohold funksiyasiga ega elektromexanik to‘xtab turish tormozi, PDW — avtoturargohga joylashtirish uchun old va orqa datchiklari bilan jihozlangan. Eksterer va intererni LED chiroqlar, panoramali tom qismi va elektr yuritmaga ega lyuk, old o‘rindiqlarni isitish tizimi va sun’iy charm bilan qoplangan o‘rindiqlar to‘ldiradi.
Futbol ixlosmandlari va yirik sport musobaqalari muxlislari uchun biznes-klass sedanining cheklangan partiyasi haydovchi o‘rindig‘ini elektr yordamida sozlash, 17 dyuymli o‘rniga 18 dyuymli yengil qotishmali disklar, 12,3 dyuym ekranga ega multimedia, SVM — atrofni ko‘rish tizimi va BVM — ko‘rinmas hududlarni kuzatish tizimi bilan boyitilgan.
Sportage shahar va safarlar uchun universallik va qulaylikni o‘zida mujassam etgan. Jihozlanishga old xavfsizlik yostiqchalari, EPB — Autohold funksiyasiga ega elektr to‘xtash tormozi, panoramali tom va elektr yuritmali lyuk, old o‘rindiqlarni isitish tizimi, Smartkey kalitsiz kirish tizimi va dvigatelni tugma bilan ishga tushirish, o‘rindiqlarning mato bilan qoplanishi va PDW — yon va orqa avtoturargohga joylashtirish uchun old va orqa datchiklari kiradi.
Muxlislar va yorqin his-tuyg‘ularni sevuvchilar uchun SUVʼning maxsus versiyasi LED proyeksiyali farlar, 19 dyuymli yengil qotishmali disklar, qurilmalar uchun simsiz quvvatlash tizimi va Harman Kardon premium toifadagi audio tizimini o‘z ichiga oladi.
Kia × FIFA World Cup 2026™ Edition avtomobillari quyidagi narxlarda mavjud:
Sonet — 234 900 000 so‘mdan;
K5 — 439 900 000 so‘mdan;
Sportage — 519 900 000 so‘mdan.
Kia Futbol bo‘yicha FIFA World Cup 2026™ jahon chempionatining rasmiy hamkori hisoblanadi. Maxsus seriya ilg‘or texnologiyalar, qulaylik va global sport tadbiri muhitini o‘zida mujassam etgan. O‘zbekiston futbol terma jamoasini qo‘llab-quvvatlang. O‘zingizga mos Kia × FIFA World Cup 2026™ Edition avtomobilni tanlab oling.
Telefon: (+998) 55-500-83-33
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 13.04.2026
Kia’ning yangi sedani O‘zbekiston yo‘llariga chiqish uchun hozirlik ko‘rmoqda
19:00 / 03.04.2026
Mundialga yo‘l: O‘zbekistonda Kia x FIFA 2026™ mijozlar o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari aniqlandi
15:00 / 26.03.2026
Orzu o‘yin maydoniga tushganda: O‘zbekistonda Kia x FIFA 2026™ bolalar tanlovi g‘olibi aniqlandi
19:00 / 16.02.2026