Ta’lim | 23:33 / 17.04.2026
651
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi

Imtihonlar 1 iyundan boshlanadi va 15 iyungacha davom etadi.

Foto: xalqtaliminfo.uz

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2026 yilda 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari o‘tkaziladigan fanlar va sanalarni tasdiqladi.

9-sinf o‘quvchilari uchun majburiy fanlardan imtihonlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

- ona tili va adabiyot (yoki davlat tili) — 1 iyun kuni yozma shaklda;

- matematika — 4 iyun kuni yozma shaklda;

- O‘zbekiston tarixi — 8 iyun kuni yozma va og‘zaki shaklda;

- jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar 1–6 may kunlari amaliy shaklda bo‘lib o‘tadi.

11-sinf o‘quvchilari uchun esa majburiy fanlardan imtihonlar quyidagicha belgilangan:

- ona tili va adabiyot (yoki davlat tili) — 2 iyun kuni yozma shaklda;

- matematika (asosiy va chuqurlashtirilgan) — 5 iyun kuni yozma shaklda;

- O‘zbekiston tarixi — 9 iyun kuni yozma shaklda.

Bundan tashqari, 11-sinf bitiruvchilari uchun tanlov fanlari ham majburiy hisoblanadi. Ular orasida turli tillar va adabiyotlar, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, davlat huquq asoslari hamda chet tili fanlari mavjud bo‘lib, ushbu imtihonlar 12- va 15 iyun kunlari yozma, ayrimlari yozma va og‘zaki shaklda o‘tkaziladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid