Yer orbitasiga sunʼiy yoʻldoshni muvaffaqiyatli uchirdik. U NASA va SpaceX kompaniyasining raketa-tashuvchisi yordamida kosmosga chiqarildi. Ushbu loyiha ikki yil davom etgan mehnatning yakuniy natijasi boʻldi. Loyiha ustida 10 dan ortiq oʻquvchi 2 guruhda ishladi.
Birinchi guruhga men boshchilik qildim. Biz sunʼiy yoʻldosh orbitasi trayektoriyasi, termik va dinamik yuklamalar boʻyicha murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirdik. Bu jarayon chuqur matematik va fizik tahlillarni, shuningdek, NASAning maxsus laboratoriyalarida - kosmik uchirish va parvoz sharoitlarini sunʼiy tarzda yaratadigan muhitda sinovlardan oʻtkazishni oʻz ichiga oldi", - deydi Akbar.