Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi
Soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish kompaniyalarining umumiy qarzi 3,2 trln so‘mga yetdi. Shundan 1,3 trln so‘mi 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi.
Foto: Kun.uz
2026 yil 1 aprel holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1944 tani tashkil etyapti, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.
Ularning umumiy qarzdorligi 3,2 trln so‘mga yetgan. Shundan 1,3 trln so‘mi, ya’ni 40,4 foiz soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:
- «New Building Trade Servis» MChJ – 362,7 mlrd so‘m;
- «Ko’priqqurilish» AJ – 303,5 mlrd so‘m;
- «Aziya Invest Favorit» MChJ – 137 mlrd so‘m;
- «Tash Building» MChJ– 119 mlrd so‘m;
- «Tash Constructions House» MChJ– 101,4 mlrd so‘m;
- «Yorqin Sadaf Fasli» MChJ – 96,2 mlrd so‘m;
- «Tamirlash Qurish Servis» MChJ – 71,8 mlrd so‘m;
- «Time Build» MChJ – 41,3 mlrd so‘m;
- «Agro Asia Trade Servis» MChJ – 38,9 mlrd so‘m;
- «Usta Obid Brend» MChJ – 36,9 mlrd so‘m.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 975,7 mlrd so‘mni, Andijon viloyatida 714,5 mlrd so‘mni, Toshkent viloyatida 229,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.