O‘zbekiston | 13:00
1718
2 daqiqa o‘qiladi

“12,5 ball to‘plabman” – YHXX jarima ballari hisoblanayotganini ma’lum qildi

Hozirga qadar 11 nafar haydovchiga 8-10 jarima ballari hisoblangan. Ularning 5 nafari Toshkent shahrida.

O‘zbekistonda qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblab borilmoqda. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati dastlabki raqamlarni e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 11 nafar haydovchiga 8 balldan 10 ballgacha jarima ballari hisoblangan. Ularning 5 nafari Toshkent shahri, 3 nafari Surxondaryo viloyatidan. Shuningdek, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan bir nafardan haydovchi ushbu “marrani zabt etgan”.

12,5 ball to‘plagan ekanman. 12 ballik tizim borligiga ishonmasdim. YHXBga chaqirishdi. O‘z ko‘zim bilan ko‘rib, ballik tizim ishlashiga ishonch hosil qildim. Mening ishim endi sud orqali ko‘rib chiqilarkan. Haydovchilik guvohnomam “reshat” bo‘lishi mumkin”, degan haydovchilardan biri.

2025 yil 1 iyundan faqat YHX xodimlari qo‘l rejimida tuzgan bayonnomalar bo‘yicha ball hisoblab kelinayotgandi. 2026 yil 1 apreldan boshlab, foto va videoradarlar orqali qayd etilgan ayrim turdagi yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballarini hisoblash boshlanadi.

2025 yil iyun, iyul va avgust oylarida 64 mingga yaqin haydovchiga jarima balli yozilgan bo‘lib, ulardan 4 nafari uch oy ichida 5 ball to‘plashga ulgurgandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid