Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Centrum air: Toshkent-Antaliya-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi
Ma’lum qilinishicha, parvozlar uzoq masofalarga mo‘ljallangan, keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish doirasida sayohatlar tayyor turpaketlar shaklida taklif qilinadi. Parvoz shartlariga ko‘ra, 60 kilogrammgacha bagaj olib ketishga ruxsat beriladi.
Toshkent–Antaliya–Toshkent yo‘nalishida transferlarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshiriladigan reyslar soni yana bittaga ko‘paydi. Centrum Air aviakompaniyasi Centrum Holidays tur-operatori bilan hamkorlikda mazkur yo‘nalishda aviatsion qatnovlarni ishga tushirdi.
Yangi reys taqdimoti Turkiyaning Antaliya shahridagi Gloria Verde Resort mehmonxonasida tashkil etilgan gala-kecha doirasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Centrum Holidays, Easybooking va Kazunion kabi sayohat xizmatlari provayderlarining 200 dan ortiq vakillari qatnashdi. Ishtirokchilarga yangi yo‘nalish imkoniyatlari yuzasidan maxsus taqdimot namoyish qilindi.

Ta’kidlanishicha, parvozlar uzoq masofalarga mo‘ljallangan, keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi. Ushbu laynerlar yuqori darajadagi qulayliklari bilan ajralib turadi.
“Yangi yo‘nalish doirasida sayohatlar tayyor turpaketlar shaklida taklif qilinadi. Paket tarkibiga aviachipta va mehmonxonada yashash xarajatlari kiritilgan. Yo‘lovchilar kompaniyaning onlayn platformasi orqali o‘zlariga mosmehmonxona hamda dam olish turini mustaqil tanlash imkoniga ega. Turpaketlarning boshlang‘ich narxi bir kishi uchun 11,4 million so‘mdan etib belgilangan”, – deydi Centrum Holidays turoperatori operatsion direktori Farrux Murotov.

Parvoz shartlariga ko‘ra, yo‘lovchilarga umumiy og‘irligi 60 kilogrammgacha bo‘lgan bagajni olib ketishga ruxsat beriladi. Bunda yuklar soni emas, umumiy vazni hisobga olinadi. Qo‘l yuki me’yori esa 8 kilogrammni tashkil etadi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun (alohida o‘rindiqsiz) parvoz bepul. 2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun esa tarifdan 1,2 million so‘m miqdorida chegirma qo‘llanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent–Antaliya–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar 2026 yil 15 maydan boshlanishi rejalashtirilgan. Dastlab reyslar haftasiga ikki marotaba amalga oshiriladi, 29 maydan boshlab esa har kuni yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Gala-kecha doirasida ishtirokchilar uchun sovrinli o‘yinlar ham tashkil etildi. G‘oliblarga 50 foizlik chegirmali hamda to‘liq turpaketni o‘z ichiga olgan sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, turk estradasi yulduzlari ishtirokida madaniy dastur namoyish etildi.


Parvozlar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni CentrumHolidays platformasi orqali olish mumkin.
Bog‘lanish uchun kontaktlar:
+998772820880
+998772810880
+998702000880
Reklama huquqi asosida