O‘zbekiston | 09:22
1635
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalarning bir qismi 11 maygacha yopildi

Poytaxtda gullar festivali o‘tkazilishi munosabati bilan Milliy kutubxona atrofidagi ko‘chalar transport harakati uchun yopildi. Cheklovlar 11 mayga qadar amal qiladi.

Foto: Toshkent shahri hokimligi

Toshkent shahrida 2 maydan 11 maygacha Milliy kutubxona oldidagi maydonga tutash hududlardagi ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 7–9 may kunlari kutubxona qarshisidagi maydonda Tashkent Flowers Fest 2026 gullar bayrami o‘tkaziladi. Shu sababli quyidagi ko‘chalar yopiladi:

  • Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Mustaqillik shoh ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasi va Buyuk Turon ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
  • Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilarga ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanishlari tavsiya qilindi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid