Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yashayotgan II Jahon urushi qatnashchilari soni haqida ma’lumot berildi
6 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda yashayotgan II Jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni 60 kishini tashkil etadi.
Foto: Kun.uz
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, II Jahon urushi qatnashchilarining eng ko‘pi Toshkent shahrida istiqomat qilmoqda — 28 nafar. Undan keyingi o‘rinni 11 nafar urush faxriysi bilan Toshkent viloyati egallagan. Farg‘ona viloyatida 5 nafar, Andijon, Xorazm va Buxoro viloyatlarida 3 nafardan, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida 2 nafardan, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida esa 1 nafardan faxriy bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida urush qatnashchilari qolmagan.
Faxriylarning 14 nafari urush nogironi hisoblansa, yana 14 nafari bevosita urush qatnashchisidir. 13 nafari esa Leningrad qamalida ishtirok etgan, 19 nafari konslagerda tutqun bo‘lgan.

Avvalroq, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan II Jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston II Jahon urushi davrida (1939-1945) 6,5 million aholiga ega bo‘lgan va 2 millionga yaqin kishini frontga jo‘natgan. Ulardan 538 ming nafari halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi
18:45 / 08.05.2023
Eng ko‘p Qozog‘istonda – urush faxriylari oladigan mablag‘lar hisoblab chiqildi
18:33 / 05.01.2023
Germaniya hukumati Polshaning tovon to‘lash haqidagi talabini rad etdi
20:45 / 09.05.2022