Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tabiat, tinchlik va salomatlik: Karlovi Vari bo‘ylab sayohat ota-onaga sovg‘a uchun eng yaxshi tanlov
6 iyundan 26 sentabrga qadar Asialuxe Travel Karlovi Variga parvoz dasturini ochadi. Har shanba kuni Uzbekistan Airways orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi. Shu bilan birga, kompaniya tomonidan viza rasmiylashtirishda ham amaliy yordam ko‘rsatiladi: Shengen vizasi uchun hujjatlarni tayyorlash jarayonida mutaxassislar hamrohlik qiladi.
Asialuxe Travel
Karlovi Vari – Chexiyaning g‘arbiy qismida, Bogemiyaning yashil tepaliklari bag‘rida joylashgan mashhur kurort shahar. U o‘zining termal mineral buloqlari bilan butun Yevropada tanilgan bo‘lib, asrlar davomida tiklanish, davolanish va ruhiy xotirjamlik izlagan insonlarni o‘ziga jalb qilib keladi.
Nega aynan Karlovi Variga sayohat ota-onalar uchun eng yaxshi sovg‘a?
Karlovi Vari shovqin-surondan yiroq, tabiat quchog‘idagi sokin muhitga ega shahar. Bu yerga odamlar faqat dam olish uchun emas, o‘z salomatligi va ichki muvozanatini tiklash uchun keladi.
Ko‘p hollarda ota-onalar yillar davomida oila, farzandlar va uy-ro‘zg‘or tashvishlari bilan band bo‘lib, o‘zlari uchun vaqt ajratishni keyinga surib qo‘yadi. Karlovi Vari esa ularga aynan shu imkoniyatni beradi: sukunat, davolovchi suvlar, yengil sayrlar va tabiiy muolajalar orqali o‘zini qayta his qilish imkoni.
Dam olish uchun qancha vaqt kerak?
Agar maqsad to‘liq sog‘lomlashish bo‘lsa, 2 haftalik sayohat eng maqbul variant hisoblanadi. Bu vaqt davomida individual davolash dasturini tanlash, shifokor maslahatlari olish va mineral suvlar kursi orqali maksimal samaraga erishish mumkin.
Cyohat ko‘proq Yevropaning atmosferasini his etish, shahar bo‘ylab sayr qilish va umumiy dam olish uchun bo‘lsa, 7 kun ham yetarli hisoblanadi.
Karlovi Varida qanday kasalliklar davolanadi?
Bu kurort asosan hazm tizimi va modda almashinuvi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga ixtisoslashgan. Davolash asosini mineral suv ichish kursi tashkil qiladi va u har bir inson uchun alohida belgilanadi.

Karlovi Vari quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
• oshqozon-ichak tizimi kasalliklari;
• surunkali gastrit va hazm buzilishlari;
• jigar va o‘t pufagi kasalliklari;
• oshqozon osti bezi muammolari;
• modda almashinuvi buzilishlari;
• qandli diabet;
• semizlik;
• podagra;
• tayanch-harakat tizimi kasalliklari.
Muhimi, bu yerda davolash standart sxema emas, har bir bemor uchun alohida dastur tuziladi.
O‘zbekistonlik sayyohlar uchun qulaylik
Karlovi Varining yana bir afzalligi til muammosining yo‘qligida. Ko‘plab mehmonxonalar, sanatoriylar va xizmat ko‘rsatish joylarida rus tili erkin qo‘llaniladi.
Bu, ayniqsa, katta yoshdagilar uchun juda qulay: shifokor tavsiyalari, muolajalar va kundalik xizmatlar bilan bog‘liq tushunmovchiliklar deyarli uchramaydi.
Qulay parvoz dasturi
Har shanba kuni Uzbekistan Airways orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi. Bu sayyohlar uchun ortiqcha tranzit va murakkab yo‘l bosib o‘tishning oldini oladi.
Asialuxe Travel esa sayohatning barcha bosqichlari: parvoz, mehmonxona, transfer, sug‘urta va viza jarayonini to‘liq tashkil qilib beradi.
Narxi va shartlar
Tur narxi — 13,9 mln so‘mdan.
Narxga quyidagilar kiradi:
• to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz (Uzbekistan Airways);
• 7 kecha mehmonxona;
• transfer;
• sug‘urta.
Narx ikki kishilik joylashuvda 1 kishi uchun hisoblangan.
Shuningdek, 6 oygacha foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud.
Ota-onaga hadya tanlash – masuliyatli ish! Salomatlik, xotirjamlik bilan qilingan sayohat imkoni esa eng qadrli sovg‘adir.
Turni Asialuxe Travelning barcha ofislari, asialuxe.uz sayti hamda mamlakat bo‘ylab barcha sayyohlik agentliklari orqali band qilish mumkin.
Band qilish:
Telefon: 1111
Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 19.02.2026
Premium tur-paketlar tugashiga 10 kun qoldi: oldindan band qilish 3-bosqichi yakunlanmoqda
18:22 / 29.01.2026
Toshkentdan Maldiv orollariga: Dreamliner'da to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz va fevral oyidagi hamyonbop narxlar
17:00 / 19.12.2025
Oldindan band qilish 2026: 60% gacha chegirmalar va nima uchun o‘zbekistonliklar dam olishni oldindan rejalashtirishni boshlashdi?
11:59 / 05.12.2025