Jahon | 23:01 / 09.05.2026
1536
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya bosh vaziri prezidentni “imkoni borida” iste’foga chiqishga chaqirdi

“Avvalgi tizim xizmatkorlari” iste’foga chiqishi shart, dedi hukumatning yangi rahbari Peter Mojar. Uning fikricha, bu birinchi navbatda prezident Tamash Shuyokka taalluqli.

Foto: REUTERS

Vengriyaning yangi bosh vaziri Peter Mojar mamlakat prezidenti Tamash Shuyokni 31 maydan kech qolmasdan iiste’foga chiqishga chaqirdi.

U “avvalgi tizimning siyosiy xizmatkorlariga aylangan yoki har doim xizmatkor bo‘lgan” amaldorlar javobgarlikni zimmasiga olishlari va lavozimidan voz kechishlari kerakligini aytdi.

Mojarning fikricha, Vengriya prezidenti so‘nggi ikki yil davomida Orbanni “hattoki davlatning milliardlab mablag‘larini barcha vengrlarga nisbatan nafrat qo‘zg‘ashga sarflaganida ham” tanqid qilmagan.

«U bu yuridik o‘zboshimchalikka umuman qarshilik qilmadi. Qiziq, bundan keyin u qanday qilib millat birligini ifodalashi mumkin? Imkoning borligida ket», — dedi Mojar Shuyokka.

Mojar 9 may kuni bosh vazirlikka kirishdi. U 16 yildan beri ushbu lavozimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Viktor Orbanning o‘rnini egalladi.

Tamash Shuyok 2024 yil martidan buyon prezidentlik lavozimida ish olib bormoqda. Bunga qadar u mamlakat konstitutsion sudini boshqargan.

Avvalroq Mojar hukumatni budjet mablag‘larini noo‘rin sarflashda ayblagandi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid