Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«34 yillik orzu»: UZCARD ko‘magida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga yo‘li haqida hujjatli serial
UZCARD milliy to‘lov tizimi Rocket Production tomonidan yaratilgan «34 yillik orzu» hujjatli serialiga hamkor bo‘ldi. Ushbu keng ko‘lamli loyiha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga olib boruvchi yo‘lini yoritadi.
Foto: UZCARD
Serial 1990-yillarda Jahon chempionatiga chiqish uchun ilk urinishlardan tortib, hozirgi kun saralash bosqichlarigacha bo‘lgan 30 yildan ortiq davrni qamrab oladi. Har bir qism alohida saralash bosqichiga bag‘ishlanib, futbolchilar, murabbiylar, muxlislar va kadr ortida qolgan jamoa ishtirokchilari hikoyalari orqali ochib beriladi.
Loyiha asosini noyob arxiv materiallar, zamonaviy texnologiyalar yordamida tiklangan 200 dan ortiq o‘yin hamda shaxsiy hikoyalar tashkil etadi. Bu — terma jamoa bilan birgalikda g‘alaba va mag‘lubiyatlarni va yillar davomida umidli onlarni boshdan kechirgan avlodlar tarixi.
Serialda futbolchilar va murabbiylarning taqdirlari, muhim o‘yinlar hamda muxlislarning o‘n yillar davomida so‘nmay ushbu umumiy tarixning bir qismiga aylangan ishonchlari alohida yoritiladi. Loyiha terma jamoaning ilk odimlaridan bugungi kuniga qadar yaxlit manzara yaratib, sport tarixini mamlakat tarixiga aylantiradi.
UZCARD uchun ushbu loyihada ishtirok etish — odamlarni birlashtiradigan ma’nolar bilan ishlashdir. O‘zbekistonda futbol - bu shunchaki sport emas. Bu turli avlodlar va shaharlardan o‘tib, millionlab odamlarni o‘z atrofida birlashtiradigan umumiy hissiyotlar. Bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash - milliy xotiraning bir qismiga aylanib borayotgan tarixlarni saqlash va qayta ko‘rib chiqishga qo‘shilayotgan hissadir.
«34 yillik orzu» serialini iTV platformasida tomosha qilish mumkin.
Loyiha keng auditoriya uchun ochiq bo‘lib, mamlakat o‘z terma jamoasi bilan birga bosib o‘tgan yo‘lni qayta yashash imkonini beradi.
UZCARD. Qulay yashang.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 07.04.2026
“Qulay yashang”: UZCARD yangi shiorini taqdim etdi va brend rivojlanishining navbatdagi bosqichini belgiladi
17:00 / 09.01.2026
UZCARD va Discover® Network O‘zbekistonda global to‘lovlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha strategik ittifoq e’lon qildi
19:00 / 11.11.2025
BYD Yuan Up, pul mukofotlari, Maldiv orollariga yo‘llanma - UZCARD “Omad mavsumi” aksiyasining birinchi mavsumini yakunladi va yangi bosqichga start berdi
17:00 / 03.11.2025