Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahsulot yechimlaridan investitsion arxitekturagacha: Fido Biznes islomiy fintexni qanday rivojlantirmoqda?
Mintaqada islomiy moliyalashtirish asta-sekin asosiy mahsulot modellari doirasidan chiqib bormoqda. Dastlabki bosqichda bozor alohida vositalar atrofida shakllangan edi - avvalo murabaha modeli asosida. Bu sxemada moliyaviy tashkilot aktivni sotib olib, foizli daromad o‘rniga uni belgilangan ustama bilan mijozga qayta sotadi. Bunday yondashuv bank infratuzilmasini chuqur qayta qurishni talab qilmasdan ilk yechimlarni joriy etish va dastlabki talabni shakllantirish imkonini berdi.
Fido Biznes
Ammo ushbu modelning tizimli cheklovi mavjud: u moliyalashtirish vazifalarini hal qiladi, biroq kapital, risk va investitsion oqimlar bilan ishlashning to‘liq tizimini yaratmaydi.
Bu cheklov ayniqsa kengroq trend fonida yaqqol ko‘rinmoqda. Islomiy moliya tor segment bo‘lishdan chiqib, asta-sekin global moliyaviy tizimga integratsiya qilinmoqda. Turli baholashlarga ko‘ra, islomiy moliyaviy aktivlarning umumiy hajmi allaqachon trillionlab dollar bilan o‘lchanmoqda va o‘z standartlari hamda tartibga solish mexanizmlariga ega bo‘lgan alohida global iqtisodiy segmentni shakllantirmoqda.
Talab o‘sishi nafaqat musulmon aholisi ko‘pchilikni tashkil qiladigan mamlakatlarda, balki rivojlangan iqtisodiyotlarda ham kuzatilmoqda — jumladan Yevropada, bu yerda demografik o‘zgarishlar va migratsiya sharoitida islomiy moliyaviy vositalar moliyaviy infratuzilmaning bir qismiga aylanmoqda. Natijada, islomiy moliya muqobil model sifatida emas, balki global moliya bozorining qo‘shimcha moliyaviy qatlami sifatida qaralmoqda.
Markaziy Osiyo bu jarayonda hali boshlang‘ich, ammo tez rivojlanish salohiyatiga ega bosqichda turibdi. Yevrosiyo taraqqiyot banki (YeTB) tahliliga ko‘ra, musulmon aholisi ulushi yuqori bo‘lishiga qaramay, mintaqa global islomiy moliya sanoatida deyarli ishtirok etmaydi: unga dunyodagi islomiy moliyaviy aktivlarning taxminan 0,01 foizi to‘g‘ri keladi.
Demografik salohiyat va bozorning haqiqiy ulushi o‘rtasidagi bu tafovut talab yo‘qligini emas, balki infratuzilma yetishmasligini ko‘rsatadi — murakkab moliyaviy modellarni qo‘llab-quvvatlay oladigan va ularning xalqaro standartlarga mosligini ta’minlaydigan tizimlar yetarli emas.
Aynan talab va infratuzilma o‘rtasidagi shu tafovut amaliyotda islomiy moliyaviy modellarni ko‘lamni oshirish imkonini texnologik yechimlar uchun o‘sish nuqtasiga aylanmoqda.
Fido-Biznes’ning FB Islamic Finance platformasi aynan shu infratuzilmaviy ehtiyojni qoplaydi. Kompaniya tizimning yangi modullari uchun qo‘shimcha xalqaro AAOIFI sertifikatlarini oldi va platforma funksionalligini islomiy moliyaning asosiy ssenariylaridan tashqariga kengaytirdi.
Gap avvalo musharaka va mudaraba modellari haqida bormoqda — aynan shu vositalar islomiy fintexni oddiy bitim mantig‘idan investitsion arxitektura mantig‘iga olib chiqadi.
Musharaka sheriklik modelini nazarda tutadi: tomonlar loyihaga birgalikda investitsiya kiritadi va foyda hamda zararlarni ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlaydi. Bunday tuzilmada moliyaviy tashkilot shunchaki mablag‘ manbai emas, balki iqtisodiy jarayon ishtirokchisiga aylanadi. Bu tizimdan ulushlarni qayd etish, mablag‘lar harakatining shaffof hisobi va majburiyatlar bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi.
Mudaraba esa murakkablikning boshqa darajasini qo‘shadi — kapitalni ishonch asosida boshqarish modeli. Bu modelda bir tomon mablag‘ beradi, ikkinchi tomon esa ularni boshqaradi, foyda esa oldindan kelishilgan sxema asosida taqsimlanadi. Platforma uchun bu to‘liq siklni qo‘llab-quvvatlash zaruratini anglatadi: mablag‘larni jalb qilishdan tortib ularni joylashtirish, daromadlilikni hisobga olish va foydani taqsimlashgacha. FB Islamic Finance investitsion operatsiyalarni ham, depozit mahsulotlarini ham qamrab olib, kapital bilan ishlashning yaxlit modelini shakllantiradi.
Salam va ijara kabi qo‘shimcha vositalar platformadan foydalanish ssenariylarini kengaytiradi. Salam kelajakdagi yetkazib berish uchun oldindan to‘lov qilinadigan bitimlarda qo‘llaniladi, ijara esa mulk huquqi saqlanib qoladigan lizing operatsiyalarida ishlatiladi. Ammo aynan musharaka va mudaraba sifat jihatidan yangi bosqichni belgilaydi: ular tizimdan nafaqat operatsiyalarni rasmiylashtirishni, balki bitimning iqtisodiy mantig‘ini boshqarishni ham talab qiladi.
Olingan AAOIFI sertifikatlari platforma xalqaro talablarga nafaqat rasmiy shartlar darajasida, balki operatsiyalarning iqtisodiy mantig‘i darajasida ham mos kelishini tasdiqlaydi.
FB Islamic Finance’ning yangilangan sertifikatlari:
Islomiy moliya kontekstida bu juda muhim. AAOIFI standartlari nafaqat shartnomalar tuzilmasini, balki foydani tan olish, risklarni taqsimlash va aktivlarga egalik qilish tamoyillarini ham tartibga soladi. Bu elementlardagi xato shunchaki texnik xatolik emas, balki modelning o‘zi buzilishi hisoblanadi.
Texnologik jihatdan FB Islamic Finance mikroservis arxitekturasi asosida qurilgan. Bu alohida modullarni mustaqil ravishda ishga tushirish va yangilash, tizimni mavjud bank platformalari bilan integratsiya qilish hamda infratuzilmani to‘liq qayta qurmasdan yangi mahsulotlarni ishga tushirish imkonini beradi.
Moliyaviy tashkilotlar uchun bu bozorga chiqish vaqtini qisqartirish, mahsulot liniyasini boshqariladigan tarzda rivojlantirish va operatsion risklarsiz islomiy modelga bosqichma-bosqich o‘tish imkonini anglatadi.
Bozor uchun bu nimani o‘zgartiradi

Bunday platformalarning kengayishi nafaqat alohida kompaniyalarga ta’sir qiladi — u butun bozor arxitekturasini o‘zgartiradi.
Birinchidan, talqinlarga bog‘liqlik kamayadi: mahsulot mantig‘i tizimga oldindan kiritilgan va standartlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa, shariat me’yorlarini qo‘llashdagi tafovutlar xavfi kamayadi.
Ikkinchidan, ma’lumotlarni solishtirish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu esa transchegaraviy operatsiyalar va xalqaro kapitalni jalb qilish uchun juda muhim.
Uchinchidan, kengayish imkoniyati paydo bo‘ladi. Musharaka va mudaraba kabi investitsion modellar nafaqat huquqiy, balki texnologik infratuzilmani ham talab qiladi.
Bugungi kunda aynan shu omil mintaqada soha rivojlanishining asosiy to‘siqlaridan biri sifatida qaralmoqda. Shu bilan birga, YeTB baholariga ko‘ra, 2033 yilga borib Markaziy Osiyodagi islomiy bank aktivlari hajmi 6 milliard dollardan oshishi, sukuk bozori esa shunga yaqin ko‘rsatkichlarga yetishi mumkin.
Fido-Biznes kompaniyasining FB Islamic Finance yo‘nalishi rahbari Umid Ergashev ta’kidlashicha, bunday yechimlarning paydo bo‘lishi moliyaviy tashkilotlarga har bir mahsulot uchun alohida yechim ishlab chiqmasdan, islomiy modelga tizimli ravishda o‘tish imkonini beradi.
Bu esa islomiy moliyaning keyingi o‘sish bosqichi talab bilan emas, balki tizimlarning ushbu talabni qanchalik qo‘llab-quvvatlay olishi bilan belgilanadi deganidir.
Mahsulotlardan — tizimga
Natijada texnologiya bitimlarni rasmiylashtirish uchun yordamchi vosita bo‘lishdan chiqadi. U kapital, risk va daromadlilik bilan ishlash qoidalari oldindan belgilangan muhitga aylanadi.
Aynan shu jihat islomiy fintex rivojlanishining infratuzilmaviy bosqichini mahsulot bosqichidan ajratib turadi.
FB Islamic Finance platformasining kengayishi Markaziy Osiyo bozori aynan shu yo‘nalishda harakatlana boshlaganini ko‘rsatadi. Alohida mahsulotlarni ishga tushirish emas, balki global standartlarga mos keladigan to‘liq moliyaviy arxitekturani shakllantirish imkonini beradigan yechimlar paydo bo‘lmoqda.
Va bu kontekstda asosiy masala mahsulotlar soni emas, balki tizimning kapitalni boshqarish qobiliyatidir.
Shu mantiqda nafaqat mahsulotlarning mavjudligi, balki infratuzilmaning tayyorligi ham asosiy strategik omilga aylanadi. Aynan shu tayyorgarlik shakllanayotgan bozorda kim yetakchi pozitsiyalarni egallashini belgilab beradi.
Reklama huquqi asosida