Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UXX Moskva viloyati va Qrimdagi 9 ta obektga zarba berilganini ma’lum qildi
Volodimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati va Mudofaa kuchlariga aniq zarbalar uchun minnatdorlik bildirgan.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
17 mayga o‘tar kechasi Ukraina Xavfsizlik xizmati mamlakat Mudofaa kuchlari bilan hamkorlikda Rossiyaning Moskva viloyatidagi harbiy-sanoat korxonasi va qator neft obektlariga, shuningdek, Qrimdagi «Belbek» harbiy aerodromiga zarba berdi, deb yozmoqda «Ukrainskaya pravda».
Nashrning ma’lumot berishicha, Moskva viloyatida quyidagi obektlar nishonga olingan: Moskva neftni qayta ishlash zavodi, «Solnechnogorskaya» va «Volodarskaya» neft haydash stansiyalari, Rossiya harbiy-sanoat majmuasi uchun yarimo‘tkazgichlar yetkazib beruvchi «Angstrem» zavodi.
Bundan tashqari, Qrimdagi «Belbek» harbiy aerodromining infratuzilmasi va havo hujumidan mudofaa vositalari bo‘lgan «Pansir-S2» zenit majmuasi, S-400 majmuasiga tegishli radar joylashgan angar, «Orion» boshqaruv tizimi va «Forpost» boshqaruv stansiyasi, «yer–havo» ma’lumot uzatish punkti, «Belbek» aerodromidagi dispetcherlik minorasi va angarga ham zarba berilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati va Mudofaa kuchlariga aniq zarbalar uchun minnatdorlik bildirgan.
O‘z navbatida, Rossiya mudofaa vazirligi 16 maydan 17 mayga o‘tar kechasi butun mamlakat bo‘ylab Ukrainaning 556 ta droni urib tushirilganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.04.2026
Qrimda An-26 qulashi oqibatida Shimoliy flot aviatsiyasi komandiri halok bo‘lgan
13:21 / 01.04.2026
Qrimda harbiy samolyot qulab, 30 kishi halok bo‘ldi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
11:54 / 21.01.2026