Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dorivor o‘simliklarni yig‘ish faqat haq evaziga amalga oshiriladi
O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘suvchi dorivor va texnik o‘simliklarni yig‘ish hamda tayyorlash faqat maxsus ruxsatnoma asosida va haq evaziga amalga oshiriladi.
Hukumatning 2026 yil 15 maydagi 245-son qarori bilan “Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar obektlaridan foydalanuvchi bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, yovvoyi dorivor va texnik o‘simliklar, shu jumladan oziq-ovqat maqsadlarida ishlatiladigan o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga muvofiq, Fanlar akademiyasi mazkur o‘simliklarni maxsus foydalanish tartibida yig‘ish va tayyorlash zaxirasini belgilaydi.
Bunda yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan hududlarning umumiy maydoni kamida 0,1 gektar, o‘t qoplamasi esa kamida 10 foiz bo‘lishi shart.
Fanlar akademiyasi har yili 15 aprelgacha tuman va shaharlar kesimidagi zaxiralar bo‘yicha xulosani Ekologiya qo‘mitasiga taqdim etadi.
Yovvoyi o‘simliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi esa har yili 10 maygacha Ekologiya qo‘mitasi raisi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
18:56 / 27.11.2020
37 ta loyihadan faqat bittasi ishga tushirilgan - Prezident farmatsevtika sohasidagi ishlarni tanqid qildi
15:32 / 16.07.2020
Virusli infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan dorivor o‘simliklar aytildi
11:30 / 07.10.2016