Jamiyat | 09:10
458
2 daqiqa o‘qiladi

Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda lift va lift xavfsizlik qurilmalari bo‘yicha muvofiqlikni baholash organlarini tayinlash va nazorat qilishning yangi tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu sohadagi qoidalar loyihasi ishlab chiqildi.

Foto: Kun.uz

Hujjatga ko‘ra, lift va lift xavfsizlik qurilmalariga nisbatan muvofiqlikni baholashni amalga oshiruvchi organlarni tayinlash — notifikatsiya qilish tartibi belgilanmoqda.

Loyihada muvofiqlikni baholash organlariga qator talablar qo‘yilgan. Jumladan, ular O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lishi, so‘nggi uch yilda muvofiqlikni baholash tajribasiga ega bo‘lishi va akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalariga ega bo‘lishi shart.

Shuningdek, organlarda lift xavfsizligi bo‘yicha yetarli bilim va malakaga ega mutaxassislar faoliyat yuritishi lozim.

Qoidalarga muvofiq, tayinlangan organlar besh yil muddatga guvohnoma oladi va ularning faoliyati har yili davriy baholab boriladi.

Hujjatda tayinlashni rad etish, guvohnoma amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish asoslari, apellyatsiya berish tartibi ham belgilab qo‘yilgan.

Loyihaga ko‘ra, tayinlangan muvofiqlikni baholash organlari reyestri ham yuritiladi va u ochiq ma’lumot sifatida rasmiy veb-saytda e’lon qilib boriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid