Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘ta yirik soliq to‘lovchilar uchun yangi mezonlar belgilandi
O‘zbekistonda 2027 yildan boshlab o‘ta yirik soliq to‘lovchilarni aniqlashning yangi tartibi joriy etiladi. Yangi mezonlarga ko‘ra, muayyan miqdordan ortiq soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirgan korxonalar hamda tijorat banklari ushbu toifaga kiritiladi.
Foto: Fotolia
Bu prezidentning soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan farmonida belgilangan.
Hujjatga muvofiq, 2027 yildan boshlab 1 yanvardan avvalgi yilning 1 iyul holatiga ko‘ra ketma-ket keladigan oxirgi 12 oylik davrda to‘langan soliqlar, yig‘imlar, davlat boji va soliq bo‘lmagan to‘lovlar hajmi bazaviy hisoblash miqdorining 500 ming baravaridan ortiq bo‘lgan korxonalar hamda tijorat banklari o‘ta yirik soliq to‘lovchilar sifatida e’tirof etiladi.
Farmonda soliq tizimini yanada raqamlashtirish, soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va soliq to‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, 2027 yildan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq vakolatli organlar taqdim etgan ma’lumotlar asosida avtomatik hisoblanishi, soliq to‘lovchilarning soliq hisobotini topshirish majburiyati esa bekor qilinishi belgilangan.
Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yo‘naltirilgan daromadlari bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash proaktiv tartibda amalga oshiriladi.
Farmon bilan soliq sohasida kadrlar tayyorlashni kuchaytirish maqsadida Soliq qo‘mitasi huzurida Soliq oliy maktabini tashkil etish, shuningdek, “Soliq xizmati fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
09:35
Yangi tadbirkorlarga soliq hisobotini topshirish xizmati bepul bo‘ladi
14:01 / 02.05.2026
Biznesni bezdirayotgan QQS va markirovka muammolari. Ekspertlar sharhi
20:28 / 01.05.2026
Nyu-York milliarderlari yangi soliq tufayli mer Mamdaniga qarshi chiqdi
16:02 / 04.04.2026