O‘zbekiston | 09:00
1472
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Coca-Cola O‘zbekiston milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilk mahalliy reklama kampaniyasini taqdim etdi

Tarixiy voqea - futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA 2026 Jahon chempionatiga yo‘llanma olganiga bag‘ishlangan ushbu rolik O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan.

Foto: Coca-Cola

Kompaniyaning boshlanishi Coca-Cola kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatida bir nechta muhim “ilk” qadamlar bilan yodda qoldi:

Coca-Cola O‘zbekiston ilk bor to‘laligicha mamlakatimizda suratga olingan, futbolga bag‘ishlangan televizion rolikni (TVC) tayyorladi. Unda asosiy e’tibor milliy jamoamiz va muxlislarning samimiy hissiyotlariga qaratilgan.

Coca-Cola ilk marta O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining (O‘FA) rasmiy uzoq muddatli hamkoriga aylandi. Bu hamkorlik kompaniyaning mamlakatda futbol rivojini qo‘llab-quvvatlashga intilishini aks ettiradi va bir musobaqa doirasidan ancha kengdir.

Shu bois reklama kampaniyasi uchun “Ilk lahzalar Coca-Cola bilan birga” shiori tanlandi. “…Ilk bor afsonalarimiz boshlab bergan yo‘l bizni jahon sahnasiga olib chiqdi; ilk bor maydonga faqat 11 nafar o‘yinchi emas, 38 million kishi chiqmoqda; ilk bor har bir o‘yin bizni katta bayram kabi bir joyga jamlamoqda…” — degan so‘zlar kadr ortidan yangraydi.

Reklama roligida jamoa murabbiyi Fabio Kannavaro boshchiligidagi milliy terma jamoa o‘yinchilari ishtirok etishdi. Kampaniya uchun musiqiy hamrohlikni Sevara Nazarxon ijro etdi va uning ishtiroki sport, madaniyat va milliy iftixor uyg‘unligining ramziga aylandi.

Yangi kampaniya bugun butun mamlakat bo‘ylab millionlab muxlislar o‘zaro baham ko‘rayotgan milliy g‘urur, hamjihatlik va hayajon timsoliga aylandi. Rolik ushalgan orzu hamda butun O‘zbekistonni dunyoning eng muhim futbol musobaqasi atrofida birlashtirgan lahza haqida hikoya qiladi. Unda futbol uchrashuvi chinakam shodlik, birdamlik va umumiy iftixor bayramiga aylanadi. Kampaniya ko‘pchilik uchun bu tarixiy lahza yirik milliy futbol tadbiridagi ilk tajriba bo‘lishi mumkinligini va Coca-Cola aynan shunday muhim “ilk” onlar ishtirokchisi bo‘lishga intilishini ta’kidlaydi.

Rolik allaqachon milliy telekanallarda namoyish etilmoqda va raqamli medialarda mavjud: Instagram

FIFA 2026 Jahon chempionati arafasida Coca-Cola, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasini kuzatishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli marosimning asosiy hamkorlaridan biri sifatida ishtirok etadi va jahon birinchiligidagi tarixiy ishtiroki oldidan jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun minglab muxlislarni birlashtiradi.

 
Моҳидил Абдуллаева
Tayyorlagan Моҳидил Абдуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish