O‘zbekiston | 14:56
1778
3 daqiqa o‘qiladi

Coca-Cola kompaniyasi O‘zbekistonda yangi Sprite Moxito ta’mini sotuvga chiqarmoqda

Issiq mavsumning kirib kelishi bilan havo harorati ko‘tariladi va bu ayni tetiklantiruvchi ichimliklardan bahramand bo‘ladigan payt. Coca-Cola kompaniyasi O‘zbekistonda Sprite turkumida yangi - Sprite Moxito ta’mi paydo bo‘lganini e’lon qildi.

Foto: Coca-Cola

Sprite — 1961 yilda taqdim etilgan, dunyodagi eng taniqli alkogolsiz ichimlik brendlaridan biri bo‘lib, limon ta’mli ichimliklar orasida jahonda yetakchilik qiladi. Sprite o‘zini o‘zi sog‘lom tanqid qila oladigan, rivojlanish va o‘zini namoyon etish istagidagi faol va ijodkor insonlarga mo‘ljallangan ichimlik sifatida taqdim etiladi. Yangi Sprite Moxito ta’mi brend an’analarini davom ettirgan holda, iste’molchilarga sersuv limon va xushbo‘y yalpizning betakror uyg‘unligini qulay formatda taklif etadi. O‘n yillar davomida u trendlar ortidan quvgani uchun emas, balki o‘zining o‘zgarmas va asl tabiatiga sodiqligi tufayli musiqa, basketbol va ko‘cha madaniyatining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Mashhur moxito ta’midan ilhomlangan Sprite Moxito sersuv limonning sitrusli tetikligini xushbo‘y yalpizning yengil notalari bilan uyg‘unlashtirib, muvozanatli va chinakam orombaxsh ta’m hosil qiladi. O‘zbekistonda moxito ancha ommalashgan — ko‘pchilik Sprite’ga limon, yalpiz va muz qo‘shib, bu ichimlikni o‘zlari tayyorlaydi. Endi esa sevimli ta’mlar uyg‘unligi tayyor formatda mavjud — qulay, tez va doimo bir xil mazali.

Sprite Moxito har kim kundalik tetiklashish yoki do‘stlar bilan uchrashish uchun o‘ziga eng qulayini tanlay olishi uchun bir necha xil — 450 ml hajmli bankada, 500 ml va 1 litrli PET idishlarda taqdim etiladi.

Yaqin kunlarda Sprite Moxito ichimligining Toshkent, Samarqand hamda O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi istirohat bog‘lari va savdo markazlarida degustatsiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yangi bozorlarga kirib borar ekan, Coca-Cola kompaniyasi mahalliy iste’molchilarning didini inobatga olgan holda o‘z mahsulotlari turlari va brend kommunikatsiyasini moslashtiradi, ayni paytda ichimlikning asl falsafasini saqlab qolib, iste’molchilarga tanish ta’mlarni zamonaviy va qulay ko‘rinishda taklif etadi.

Yangi Sprite Moxito’ni tatib ko‘ring va har bir lahzangizga tetiklik baxsh etuvchi limon va yalpizning mukammal uyg‘unligidan bahra oling!

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid