Jahon | 20:29 / 02.06.2026
3164
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh so‘nggi yillarda birinchi marta Rossiyadagi Xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etadi

Amerika vakillariga AQSh nafis san’at bo‘yicha komissiyasi rahbari kenja Rodni Mims Kuk boshchilik qiladi.

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Kryajyev

AQSh delegatsiyasi Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) ishtirok etadi. AQSh rasmiy vakillarining forumga bunday darajadagi tashrifi 8 yil ichida birinchisi bo‘ladi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika vakillariga AQSh nafis san’at bo‘yicha komissiyasi rahbari kenja Rodni Mims Kuk boshchilik qiladi.

«Menimcha, 2017−2018 yillardan beri amerikaliklar ishtiroki bu darajada (yuqori) bo‘lmagan», dedi prezident yordamchisi.

Kuk «Rossiya va AQSh. Madaniyatlar muloqoti» sessiyasida nutq so‘zlaydi, dedi Ushakov. Unda Bolshoy va Mariinskiy teatrlari badiiy rahbari Valeriy Gergiyev va Ermitaj bosh direktori Mixail Piotrovskiy ham ishtirok etishi kutilmoqda.

2026 yilgi PMEF 3 iyundan 6 iyungacha bo‘lib o‘tadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid