O‘zbekiston | 10:39
1310
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva: Xalqaro tashkilotlardagi vatandoshlarimiz O‘zbekiston nufuzini oshirmoqda

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vena shahrida xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan uchrashdi. Uning ta’kidlashicha, yurtdoshlar o‘z mehnati, bilim va mas’uliyati bilan xalqaro maydonda O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Venada xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan vatandoshlar bilan muloqot qilganini ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, vatandan uzoqda bo‘lishlariga qaramay, yurtdoshlar O‘zbekiston bilan mustahkam aloqalarni saqlab kelmoqda. Prezident administratsiyasi rahbari bunday uchrashuvlar har safar faxr tuyg‘usini uyg‘otishini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar yuqori kasbiy mahorati orqali o‘z o‘rni va so‘ziga ega bo‘lib, global ahamiyatga ega masalalar yechimida faol ishtirok etayotganini qayd etdi.

Shuningdek, u bunday malakali mutaxassislar safini kengaytirish muhimligini ta’kidlab, xalqaro tajriba orttirish, kasbiy rivojlanish va vatan hamda jahon taraqqiyotiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan yosh o‘zbekistonliklar davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid