O‘zbekiston | 22:34 / 05.06.2026
1777
2 daqiqa o‘qiladi

Qurilganiga 50 yildan oshgan uylarni qayta rejalashtirish taqiqlandi

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda kafolat muddati davomida nuqson yuzaga kelgan taqdirda, quruvchi bu nuqsonni tuzatish bo‘yicha inspeksiya ko‘rsatmasini bajarmasa, bunday quruvchilarning reyting balli pasaytiriladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti 4 iyun kuni imzolagan 104-sonli farmon bilan, qurilish sohasiga oid yangi choralar belgilandi.

Xususan, ekspluatatsiya muddati 50 yildan oshgan ko‘p kvartirali uylarda qayta rejalashtirish ishlarini amalga oshirish taqiqlandi. Uyni mustahkamlash ishlari bundan mustasno.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda kafolat muddati davomida yuzaga kelgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha Qurilish inspeksiyasining ko‘rsatmasini bajarmagan pudrat tashkilotlarining reyting ko‘rsatkichlariga jarima ballarini qo‘llash amaliyoti joriy etiladi.

Ayni paytda, hali loyihalash bosqichidagi yangi binolar rejasiga juz’iy o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilmoqda. Unga ko‘ra, binoning konstruksiyasi, mustahkamligi va yong‘in xavfsizligiga ta’sir qilmaydigan, quvvati va maqsadi o‘zgarmagan holda shaharsozlik norma va qoidalariga zid bo‘lmagan loyihadagi rejaviy tuzilish (planirovka)da o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda, ushbu bino loyihasini ekspertizadan o‘tkazishda loyiha hujjatlarini qayta kelishish amaliyoti bekor qilindi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid