Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari Yevropani migrantlar «bosqini»ni to‘xtatishga chaqirdi
Pit Xegsetning qayd etishicha, Ispaniya, Italiya, Gretsiya va Bolgariyaga qayiqlarda noqonuniy migrantlar kelmoqda.
AQShga ittifoqchi bo‘lgan Yevropadagi mamlakatlar «xavfli mafkuralar iskanjasida qolmoqda», dedi Pentagon rahbari Pit Xegset Normandiyaga ittifoqchi qo‘shinlar tushirilganining 82 yilligi munosabati bilan Fransiyada o‘tkazilgan tadbirda.
Uning qayd etishicha, Ispaniya, Italiya, Gretsiya va Bolgariyaga qayiqlarda noqonuniy migrantlar kelmoqda.
«Yevropadagi poytaxtlar bu bosqinga qarshi qachon chora ko‘ra ko‘radi? Yoki endi juda kechmi? Menimcha, yo‘q», — dedi Xegset.
U AQSh o‘z ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashini va ulardan ham shunday munosabatni kutayotganini ta’kidladi.
O‘tgan yili Pentagon rahbari noqonuniy migrantlar va Xitoyni AQSh uchun eng katta xavf deb atagandi.
Mavzuga oid
08:52 / 02.06.2026
YeI migrantlar bo‘yicha qonunchilikni yanada qat’iylashtirmoqda
08:58 / 22.05.2026
YeIda migrantlar uchun “qaytarish markazlari” tashkil etiladi
08:38 / 22.05.2026
Yevropada tanosil kasalliklari keskin ko‘paydi
08:21 / 20.05.2026