«PSJ» Ronaldu va Neymarning transferi uchun 300 mln yevro sarflashga tayyor

Sport 05 May 2016 21314

«PSJ» rahbariyati «Real» jamoasining asosiy hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» hujumchilaridan biri Neymarni sotib olish haqida jiddiy ish olib bormoqda. 

La Gazzetta dello Sport nashrida xabar qilinishicha, parijliklar har ikki futbolchi uchun 300 million yevro sarflashni rejalashtirishgan. Shu bilan birga «PSJ» bu xaridni yozda jamoadan ketishi mumkin bo'lgan Zlatan Ibrahimovichning o'rnini bosish uchun amalga oshirmoqchi emasligi aytilgan. Gap yuqori saviyadagi 2 nafar hujumchini o'z safiga qo'shib olish maqsadi haqida ketmoqda.

Manbaning aniqlik kiritishicha, parijliklar jamoasi Neymar uchun 193 million yevro taklif qilishni, Ronaldu uchun 100 million yevrodan ortiqroq miqdordagi mablag'ni sarflashga tayyor.

Bundan oldinroq, Ronaldu «PSJ»ga o'tishga rozilik bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko'ra portugaliyalik hujumchining yillik maoshi miqdori 25 million yevro bo'lishi aytilgan.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda YeChLdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin «PSJ» mavsum oralig'ida yangi futbolchilar sotib olish uchun 250-300 mln yevro ajratmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Ko'proq yangiliklar: