AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen 4 sentabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida tashkil etilgan xotira marosimiga tashrif buyurdi.
«Barchamiz qattiq qayg‘udamiz. Islom Karimov oilasiga va O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz», — deya AQSh elchisining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda O‘zA.
«AQSh O‘zbekistonning uzoq muddatli hamkoridir. O‘zaro aloqalarni davom ettirish tarafdorimiz. Xalqingizga sihat-salomatlik, farovonlik va barqarorlik tilaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Spratlen xonim.