20:07 / 20.10.2016
10655

Rosomaxa tarixining so‘nggi qismi bo‘lgan “Logan” filmining ilk treyleri taqdim etildi

Internetda Rosomaxa trilogiyasining “Logan” deb nom berilgan final qismi birinchi treyleri chiqdi. Logan - filmda Hyu Jyekman ijro etgan qahramonning ismi.

Kartinada keksayib qolgan superqahramonlar o‘zlarining so‘nggi, hayot-mamot janglarini olib borishi haqida hikoya qilinadi.

Filmda Jyekmandan tashqari, professor Ksaver obrazida ilk bor Patrik Styuart va Narcos seriali yulduzi Boyd Xolbruk rol ijro etishgan.

Treylerda Nine Inch Nails guruhining “Hurt” qo‘shig‘i Jonni Kesh tomonidan ijro etilgan.

Kartina prokatlarga 2017 yilning 2 martidan chiqa boshlaydi.

Mavzuga oid
Top