18:25 / 18.01.2017
10959

Video: Nokia 6 smartfoni bilan yong‘oq chaqish

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida yangi Nokia 6 smartfonining mustahkamligi bilan bog‘liq roliklar taqdim etilmoqda. Uskuna yordamida hattoki grek yong‘oqlarini ham chaqib ko‘rishgan.
 
Ikkinchi rolikda smartfonni bir necha bora yerga tashlab, so‘ng devorga qarab uloqtirishlari tasvirlangan.

Yangi uskuna 19 yanvardan boshlab sotuvga chiqariladi. U Xitoy bozoriga mo‘ljallangan bo‘lib, JD.com saytida 245 dollarga baholanishi kutilmoqda. Sotuvlar boshlanishiga ikki kun qolganda Nokia 6’ga berilgan buyurtmalar soni millionta nusxaga yetdi.

Smartfon ekrani 5,5 dyuymli diagonalga ega bo‘lib, 1920 ga 1080 piksel kenglikdan iborat. U Corning Gorilla Glass 3 himoya oynasi bilan qoplangan. Bundan tashqari, Nokia 6 sakkiz yadrolik Qualcomm Snapdragon 430 protsessori, Adreno 505 grafikasi, 4 GB operativ va 64 GB ichki xotiraga ega.

Ma'lumot uchun, Nokia telefonlari orasida Nokia 3310 eng ko‘p sotilgan uskuna deb hisoblanadi. Tarmoqda o‘ta mustahkam bo‘lgan bu telefonga turli yo‘llar bilan zarar keltirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilarning roliklari ko‘plab topiladi. Ba'zilar buning uddasidan ham chiqqan.

Mavzuga oid
Top