18:07 / 10.04.2017
8237

Hind razvedkasi askari Pokistonda o‘lim jazosiga hukm qilindi

Pokistonda 2016 yilning martida josuslikda ayblanib, qo‘lga olingan hind razvedkasi xodimi oliy jazoga hukm qilindi. Bu haqida islom respublikasi qurolli kuchlarining matbuot xizmatida xabar berildi

"Hindiston tashqi razvedkasining josuslikda ayblangan askari Kul Bxashan Yadav harbiy tribunal tomonidan unga nisbatan qo‘yilgan barcha moddalar bo‘yicha aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilindi", - deya ma'lum qildi Pokiston HK rasmiy vakili general-mayor Asif G‘ofur. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud jarayoni davomida hind tomoni Yadavni topshirishni so‘rab, bir necha marotaba murojaat qilgan. Ma'lum bo‘lishicha, u - Hindiston tashqi razvedkasining Tadqiqotlar va tahlillar bo‘limi askari bo‘lgan.

Rasmiy Islomobod ma'lumotlariga ko‘ra, Kvetta shahrida qo‘lga olingan Yadav Janubiy Osiyoning bu mamlakati harbiy-dengiz kuchlari kapitani hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, hindistonlik askar Pokiston hududida soxta hujjatlar bilan yashagan va Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlikka oid yirik loyihalardan biri - Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash vazifasini bajarib kelgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, Pokiston maxsus xizmatlari hindistonlik askarning faol harakatlarini bir yildan ziyod vaqt davomida kuzatgan. Uning Belujistondagi separatik guruhlar bilan aloqasi borligi va ularga ma'lumot evaziga yirik pulli mukofotlar bergani aniqlangan. 

Top