Davlat raqobat qo'mitasiga yangi rahbar tayinlandi

O'zbekiston 21 Aprel 2017 26159

O'zbekiston Prezidentining 18 apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi o'rnida tashkil etilgan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasiga rahbar tayinlandi.

«Kun.uz» manbasi bergan ma`lumotga ko'ra, prezident farmoni bilan bu lavozimga G'ulomov Ravshan Ayubovich tayinlangan. Uni qo'mita xodimlariga bosh vazir Abdulla Aripov tanishtirgan. (Qo'mita endilikda bosh vazir kompleksi tarkibida hisoblanadi, avval bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimov nazoratidagi kompleksda bo'lgan —tahririyat).

U shu kunga qadar O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi ijrochi direktori lavozimida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi.

Qo'mitaga 2014 yildan buyon rahbarlik qilgan Davron Hidoyatov o'tgan haftada o'tkazilgan videoselektor vaqtida ishdan olingan, ko'p o'tmasdan Chilonzor tumaniga hokim etib tayinlangandi.

Ko'proq yangiliklar: