15:36 / 08.05.2017
10856

Neymar murabbiy bilan mashg‘ulot vaqtida janjallashdi

Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Neymar va jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening yordamchisi hisoblanadigan Xuan Karlos Unsue o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, navbatdagi mashg‘ulot vaqtida, boshqa futbolchilar ko‘z o‘ngida tortishuv ro‘y bergan. Unsue braziliyalik futbolchining oldiga kelib, unga ba'zi topshiriqlarni bergan. Neymar esa uning talablarini keskin norozilik bilan qabul qilgan. Ular munozarani davom ettirishgan, Unsue futbolchini maydondan tashqaridagi hayoti uchun tanqid qilgan. Murabbiy Neymarni sportga ko‘proq e'tibor berishga chaqirgan. Futbolchi esa unga baqirib javob qaytargan va bu murabbiyga umuman yoqmagan.

Qayd etish kerakki, bir qator nashrlar Unsue «Barselona»da keyingi mavsumdan bosh murabbiy bo‘lishi haqida yozmoqda. Neymarning o‘zi ham biroz oldinroq jamoa rahbarligi uchun eng mos nomzod Unsue ekanini aytib o‘tgandi.

Top