15:20 / 15.05.2017
6166

Jonni Depp McAfee antivirusi ishlab chiqaruvchisi rolini o‘ynaydi

Foto: Reuters

Amerikalik aktyor Jonni Depp McAfee antivirusi asoschisi Jon Makafi qahramoni rolini ijro etadi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

«Changalzorlar qiroli» filmi antivirus dasturiy ta'minoti ekssentrik kashfiyotchisi hayotidan hikoya qiluvchi komediya janridagi filmdir. 

Conde Nast Entertainment kompaniyasiga ko‘ra, kinokartina Wired jurnalidagi maqolaga asoslangan bo‘lib, unda Makafining Beliz changalzorlarida hayot kechirish uchun biznesni qanday tark etgani hikoya qilingan. Stsenariyga ko‘ra, Makafining  «noma'lum qirralari» haqida lavha tayyorlashi kerak. 

Film rejissyorlari Glenn Fikarr va Jon Rekua, ssenariy mualliflari Skott Aleksander va Larri Karatsevskilardir. 

Mavzuga oid
Top