10:47 / 10.09.2017
6004

Harri Potter haqidagi interaktiv kitob sotuvga chiqdi

Amazon'da Harri Potter haqidagi interaktiv kitob sotuvga chiqdi. Kindle kompaniyasining noyob nashrini shuningdek iOS va Android uchun yuklab olish ham mumkin, deya xabar beradi Elle.

Harri Potterning ko‘plab muxlislari Xogvartsda sotilgan bunday gazetalar - animatsion tasvirlar va "jonli" sarlavhalar haqida orzu qilishgan. Biroq real hayotda bunday nashr tez orada paydo bo‘lmaydi. 

Biroq Joan Rouling ijodi muxlislari "Potteriana"ga yanada chuqur kirib borishlari uchun Kindle elektron kitoblar seriyasining birinchi qismi bo‘yicha noyob nashrni namoyish qildi. U ajoyib animatsiyalashtirilgan tasvirlar va detallar bilan bezatilgan. O‘quvchi Kviddich o‘yini, uchar boyo‘g‘li, harakatlanuvchi goblinlar, Xogvarts olovlari va ko‘plab boshqa hodisalarni kuzatishi mumkin. 

Kindle in Motion funksiyalarini FireWire planshetlarida, shuningdek iOS va Android uchun bepul Kindle ilovalarida ko‘rish mumkin. 

Mavzuga oid
Top