14:20 / 05.01.2018
18321

Gruziya sudi Saakashvilini uch yilga ozodlikdan mahrum qildi

Foto: RIA "Novosti"

Tbilisi shahridagi sud Gruziya sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvilini bankchi Sandro Girgvlianining o‘ldirilishi yuzasidan ish bo‘yicha uch yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda «Novosti-Gruziya» portali xabar bergan.

Saakashviliga «davlat-siyosiy lavozimlarni egallab turgan shaxslarning xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilish» moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Ta'kidlanishicha, Saakashvili Gruziya prezidenti bo‘lgani holda, 2008 yilda Gruziya IIVning konstitutsiyaviy xavfsizlik departamenti xodimlari jazo muddatini qisqartirgan. Ular esa Girgvlianining o‘ldirilishida ayblangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili Ukraina muxolifatiga bayonot bilan chiqqani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top